Dilbar Gʻulomova (1941-yil, 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Dilbar Gʻulomova
Tavalludi 30-may 1941-yil
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimayi holi tahrir

Gʻulomova 1941-yil 30-mayda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1963-yil Toshkent toʻqimachilik institutini tikuvchilik injener-texnologi mutaxasisligi boʻyicha tugatgan. Gʻulomova 1963—1968-yillar Janubiy tikuv fabrikasi ishchisi, 1968—1973-yillar Jambil tikuv fabrikasi ishchisi, 1968—1973-yillar Kattaqoʻrgʻon shahar qurilish va taʼmirlashni rejalashtirish boʻlimi iqtisodchisi, rahbari, 1973—1981-yillar Chirchiqdagi xususiy „Lola“ tikuv firmasi xodimi, direktori, 1981—1986-yillar Toshkent viloyati mahalliy sanoat, kommunal xoʻjalik va aholiga xizmat koʻrsatish sohasi kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi, 1986—1991-yillar Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashi raisining oʻrinbosari, 1991—2004-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1995—2004-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Bosh vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Gʻulomova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq (1994—1999) va ikkinchi chaqiriq (1999—2004) deputati[1].

Faoliyati tahrir

Gʻulomova onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida „Ona va bola skriningi“ davlat dasturini qabul qilish va „Skrining markaz“lari faoliyatini tashkil etishda munosib hissa qoʻshdi. Avstriya Xalqaro bolalar tashkiloti bilan birga Toshkent va Samarqand shaharlarida SOS- O’zbekiston bolalar mahallasi tashkilotchilaridan biridir. Dilbar Gʻulomova BMT tomonidan oʻtkazilgan xalqaro konfirensiyalarda toʻrt marta nutq soʻzlagan[2].

Mukofotlari tahrir

Gʻulomova 1993-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni, 1996-yil „Doʻstlik“, 2001-yil „Mehnat shuhrati“ ordenlari, 1997-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2001-yil „Oʻzbekiston mustaqilligiga 10 yil“ esdalik nishonlari, 2018-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. „Oʻzbekiston ayollari“ kitob-albomning taqdimoti