Dildora Niyozova

oʻzbek qoʻshiqchisi

Dildora Niyozova (1978-yil 14-sentabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi. „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi bilan xalq orasida tanilgan. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud.

Dildora Niyozova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 14-sentyabr 1978-yil (1978-09-14) (45 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi Latifjon Yunusov
Taʼlimi Respublika estrada-sirk kolleji
Millati oʻzbek
Bolalari 2 ta
Janr estrada
Faoliyat yillari 2000-yildan hozirga qadar

Biografiyasi tahrir

Dildora Niyozova 1978-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. Baʼzi bir manbalarga koʻra, Dildora Niyozova Yulduz Usmonovaning ashaddiy muhlisi boʻlgan, bolaligidan uning qoʻshiqlarini xirgoyi qilib yurgan. Respublika estrada-sirk kollejida tahsil olgan. Sanʼatning estrada yoʻnalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan[2]. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud[1].

Dildora Niyozovaning „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi unga omad keltiradi[3]. U shu qoʻshigʻi orqali keyinchalik xalqqa taniladi. Xonandaning aytishicha „Ishonma“ qoʻshigʻini Fargʻona vodiysidagi toʻylarning birida undan bir necha marotaba qayta kuylashini soʻrashadi. Shu toʻyda qoʻshiqning rekord natijasi qayd etilib, bitta qoʻshiq ketma-ket 15 marta ijro etiladi. „Ishonma“ni Dildora Niyozovadan avval xorazmlik erkak qoʻshiqchi ijro etgan[2].

Dildora Niyozova oʻzining mega xit taronalari muallifi[4] Ruslan Sharipov bilan duet qilgan. Ular birgalikda kuylagan „Chilla“ dueti xit boʻlgach, Ruslan Sharipov ijodni tark etgan[5].

Oilasi tahrir

Dildora Niyozova 2 farzandning onasi[1]: bir oʻgʻli va Muslima ismli qizi bor (2015-yil 9-oktyabrda tugʻilgan)[6][7]. Turmush oʻrtogʻi Latifjon Yunusov[8].

Manbalar tahrir