Dilmaçoğulları bekligi (turkcha: Dilmaçoğulları, Dimleçoğulları, Demleçoğulları[1]) — 1085-1191-yillar orasida Bitlis, Erzen va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Bitlis boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning asoschisi Dilmaçoğlu Mehmed Bey (1085-1104) Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslonning qomondonlaridan biri boʻlgan. Asos solingan vaqtida Saljuqiylar imperiyasiga bogʻliq hudud sifatida boshqarilgan Dilmaçoğulları bekligi Toğan Arslan (1104-1137) davrida eng porloq davrlarini yashadi[1][2][3][4][5][6]. Dilmaçoğulları Saltuklu bekligi va Artuklu bekligi bilan xristianlar va gruzinlarga qarshi jang qildilar[1][7][8].

Dilmaçoğulları bekligi
turkcha: Dilmaçoğulları Beyliği


1085 — 1192




Poytaxti Bitlis
Erzen
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Dilmaçoğulları
Bek
 - 1085—1104(ilk) Dilmaçoğlu Mehmed Bey
 - 1180—1192 (soʻngi) Fülân Bey
Tarix
 -  1085 Dilmaçoğlu Mehmed Bey beklikka asos soldi
 -  1192 Ahlatşahlar bekligi Bitlisni egallagandan soʻng, beklik tugatildi.

Beklikka asos solinishi va tugatilishi tahrir

Beklikning asoschisi Dilmaçoğlu Mehmed Bey sulton Alp Arslon davrida Bekçioğlu Afşın, Ahmed Şâh kabi turkman beklari bilan Vizantiya imperiyasi hokimiyati ostidagi Onadoʻliga hujumlar uyushtirgan[7].

Malazgirt jangidan ishtirok etgan Dilmaçoğlu Mehmed Bey Saljuqiylarning Halabga qilgan harbiy yurishlarida ishtirok etdi. 1085-yilda Diyorbakir fath etilganidan soʻng, Bitlis va Ahlat ham egallandi. Shundan soʻng, Bitlis va tutash hududlar Dilmaçoğlu Mehmed Beyga iqto sifatida hadya etildi. Bu voqea orqali Dilmaçoğulları bekligiga asos solindi. Dastlab beklik Koʻbiya sultoni Kılıç Arslanga, soʻngra Ahlatşahlar bekligiga vassal boʻldi. Keyinchalik Togan Arslan Artuklu begi İl Gazîga tobeligini bildirib, xristianlar va gruzinlarga qarshi birgalikda janglar olib borishgan[9].

Hüsâmeddîn Kurt davrida (1137-1143) Iroq saljuqiylari sultoni Mes’ûd ukasi Selçuk-şâhga Ahlat, Malazgirt va Erzenni iqto sifatida hadya qilgan. Selçuk-şâh by hududlarda xalqqa qilgan zulmi bilan tarixda qolgan. 1192-yilda Ahlatşahlar bekligidan Begtemur Bitlisi bosib olganidan soʻng, bu hududlarda Dilmaçoğullarıning hukmronligi butunlay tugatildi. Erzen va unga tutash hududlarda Dilmaçoğulları bekligi XIV asrga qadar humkronlik qilganligi taxmin qilinadi. Katta ehtimol bilan ushbu beklik Oq qoʻyunlilar davrida butunlay yoʻq boʻlib ketgan.

Dilmaçoğulları bekligi beklari tahrir

Bek[10] Hukmdorlik yili Izohlar
Dilmaçoğlu Mehmed Bey 1085-1104
Şemsüddevle Togan Arslan 1104-1138
Hüsamüddevle Kurtı 1138-1146
Şemsüddevle Yakut Arslan 1146-1148
Fahrüddevlet Şah 1148-1180
Fülân Bey 1180-1192

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Atçeken, Yaşar 2016.
  2. Hillenbrand 1979, vol.1, p. 415.
  3. Minorsky 1953, s. 83.
  4. Усама ибн Мункыз 1958.
  5. Sümer 1989.
  6. Sümer 1990.
  7. 7,0 7,1 Turan 1973.
  8. Sevim 1994.
  9. Çevik 2008.
  10. Yılmaz Öztuna, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt: 2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara 1996, s. 48

Adabiyotlar tahrir