Ahlatşahlar bekligi, Şah-i Ermen yoki 'Sökmenliler bekligi (forscha: قرامان اوغللری, turkcha: Ahlatşahlar[2], armancha: Շահ-ի Արմեններ[3]) – markazi Ahlat boʻlib, 1100-yil va 1207-yillar oraligʻida Van, Erciş, Bargiri, Tatvan, Malazgirt, Muş va Sason hududlarida hukm surgan birinchi davr turk[4], Onadoʻli bekligi[5][6].

Ahlatşahlar bekligi

1100 — 1207





1200-yilda Onadoʻli
Poytaxti Ahlat
Til(lar)i Fors tili (rasmiy til)[1]
Turk tili (xalq tili)
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Ahlatşahlar
Bek
 - 1100—1111(ilk) Sökmen El-Kutbî
 - 1206—1207 (soʻngi) İzzettin Balaban
Tarix
 -  1100 Beklikka asos solindi.
 -  1207 Beklik Ayyubiylar davlati tarkibiga qoʻshib olingan.

Hududning turklashmasi va beklikka asos solinishi

tahrir
 
XII asr surʼati

Çağrı Beyning 1016-1021-yillar oraligʻidagi harbiy yurishlaridan soʻng, Yabgulu turkmanlari 1040-yildan boshlab bu hududlarga koʻchib kela boshladilar va bu yerdan Diyorbakir va Mosulga tarqaldilar. 1054-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Toʻgʻrulbek ushbu hududlarga uyushtirgan harbiy safari chogʻida Van, Erciş, Adilcevaz va Besnini Saljuqiylar imperiyasi hokimiyati ostiga oldi va bu hududlarga turkmanlarning joylashishini tezlashtirdi. 1071-yildagi Malazgirt jangida ushbu hudud Saljuqiylarning harbiy qarorgohi sifatida foydalanilgan. 1085-yilda sulton Malikshoh tomonidan Diyorbakir fath etilganidan keyin, ushbu hududlar Diyorbakir viloyatiga qoʻshib boshqarilgan. Ozarbayjon maliki İsmail Kutbeddinning asiri boʻlgan Sökmen El-Kutbî saljuqiy sultoni Berkyaruk bilan ukasi Muhammad Tapar oʻrtsidagi taxt mojarosida Muhammad Taparga xizmat qilgani bois Ahlat va unga tutash hududlar iqto sifatida Sökmen El-Kutbîga berildi va u 1100-yilda Ahlatşahlar bekligiga asos soldi.

Beklikning kengayishi va tugatilishi

tahrir
 
Ahlatta joylashgan Hasan Padişah tarixiy obidasi

Berkyarukning oʻlimidan soʻng Saljuqiylar imperiyasi taxtiga chiqqan Muhammad Tapar davrida eski xizmatlari tufayli Sökmen Bey oldingidan ham koʻproq qudratga ega boʻldi. Muhammad Taparning buyrugʻi bilan Sökmen Bey va Ozarbayjon amiri Mevdud 1108-yilda Mosul shahrini zabt etishdi. Bu muvaffaqiyatdan keyin Sökmen bey 1109-yilda Diyorbakir viloyatining eng katta shahri Meyyafakirni oʻz bekligiga qoʻshib, viloyat bekliklari orasida kuchli mavqega ega boʻldi. 1111-yilda Sökmen Bey, Ozarbayjon amiri Ismoil Mevdud bilan birgalikda salibchilar nazorati ostidagi Urfa va Tilberash qal’asini qamal qildi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yurish chogʻida Sökmen Bey kasallanib, Ahlatga qaytayotganida vafot etgan.

Sökmen Beydan soʻng taxtga chiqqan oʻgʻillari va nabiralari gruzinlar bilan uzoq yillar janglar olib borganlar. Artuklular va Mosul hokimi İmameddin Zengi oʻzlarining eski tuproqlarining bir qismini yana qaytarib olishdi. Beklik va Ayyubiylar davlati bilan oʻrtada bir qancha muammolar boʻlib oʻtgan. 1185-yilda Nasireddin Muhammed Sökmen voris qoldirmay vafot etgach, Ahlatşahlarda qullik davri boshlanib, 1207-yilda Ahlatning Ayyubiylar hukmronligiga oʻtishi bilan Ahlatşahlar bekligi tugatilgan[6][7][8].

Fan – Madaniyat – Sanʼat

tahrir

Ahlatşahlar sanʼat va meʼmorchilikda katta yutuqlarga erishganlar. Ahlat ustalari nafaqat Ahlat, balki butun Onadoʻlida oʻz nomlariga ega edilar. Saljuqiylar davri asarlari orasida boʻlgan Divriği Ulu Camii, Alâeddin Camii, Tercan Mama Hatun Türbe va Kervansarayı, Hacı Ahlati, Harzemşah el-Ahlatî kabi bir qancha tarixiy obidalar Ahlatlik turk meʼmorlariga oiddir. Ahlat va Bitlis oʻrtasida Sökmen II ning rafiqasi Shahbanu tomonidan qurilgan koʻprik, yoʻllar va katta karvansaroy tufayli bu mintaqa oʻz davrida xalqaro savdo yoʻli sifati foydalanilgan. Ahî Evran nomi bilan tanilgan Nasırettin Mahmut, 1171-yilda Ahlatşahlar hududiga qarashli boʻlgan Hoy qishlogʻida tavallud topgan[6][7][8].

Ahlatşahlar beklari

tahrir
Bek Hukmdorlik yili Izohlar
1 Sökmen El-Kutbî 1100-1111 Beklik asoschisi
2 Zahireddin İbrahim 1111-1127
3 Ahmed 1127-1128
4 Nasireddin Muhammed Sökmen 1128-1185
5 Seyfettin Baytimur 185-1193
6 Bedreddin Aksungur 1193-1197
7 Malik el Mansur Muhammed 1197-1206
8 İzzettin Balaban 1206-1207 Oxirgi bek

Manbalar

tahrir
  1. Sümer 2001.
  2. Sümer 1989.
  3. Turshyan 1964, s. 117.
  4. Recueil hes hist. des Croisades, docum. orientaux, III, s. 542, 599.
  5. Richard G. Hovannisian. The Armenian People from Ancient to Modern Times Vol. I. Chapter 10 "Armenia during the Seljuk and Mongol Periods by Robert Bedrosian. ss. 241-271:
  6. 6,0 6,1 6,2 Umay, Türkeş-Günay. Türklerin Tarihi Geçmişten Geleceğe. Akçağ Yayınları, 2007 — 302-305-bet. ISBN 9789753388191. 
  7. 7,0 7,1 İlham, Erdem. Doğu Anadolu Türk Devletleri — 383-413-bet. 
  8. 8,0 8,1 Recep. Ahlatşahlar — 484-490-bet.  (Wayback Machine saytida 2016-04-15 sanasida arxivlangan)