Toʻgʻrulbek, Sulton Toʻgʻrulbek, Muhammad Toʻgʻrulbek Ruknuddin Abu Tolib (9931063.4.9) — Saljuqiylar davlatining asoschisi va 1sultoni (1038 —63). Saljuqbekning nevarasi.

Ibn alAsirning yozishicha, 11-asrning boshlarida birodari Chagʻribek Dovud (990 —1060) bn birgalikda koʻchmanchi oʻgʻuzlar — saljuqiylarnint harbiy birlashmalariga boshchilik qilgan. 1025 —30 yillarda T. boshchiligidagi saljuqiylar Alitegin va Sirdaryo yabgʻusi qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishgan.

1035-yil may oyining boshlarida 10 ming kishilik saljuqiylarning otliq qoʻshini T. va Chagʻribek qoʻmondonligida Amudaryoni kechib oʻtib, Amul (hozirgi Turkmanobod)ni egallagan va Marvdan Nisoga yoʻl olgan. Gʻaznaviylar sultoni Masʼud Gʻaznaviy ularga qarshi qoʻshin joʻnatgan. Bu jangda saljuqiylar gʻalaba qozonib, Xurosonda oʻz mavqelarini tobora mustahkamlab borishgan, xususan, Tus va Nishopurni egallab, T.ni Nishopurda sulton deb eʼlon qilganlar (1038-yil iyun).

Dandanakon jangi gʻaznaviylar ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng T. Xuroson hukmdori deb eʼlon qilingan. 1040 —1055-yillarda T. Xorazm, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonga harbiy yurishlar uyushtirib, bu hududlarning katta qismini saljuqiylar davlati tarkibiga qoʻshib oldi. Qoraxoniylar ham Movarounnahrda T. hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. T. arab xalifaligi poytaxti Bagʻdodni egallab (1058-yil 23 aprel), oʻz nomiga xutba oʻqittirgan va abbosiylar sulolasining xalifasi al Qoim (hukmronlik davri: 1031 —75) uning "sulton" unvonini tan olib, T.ka "al Mashriq va al Magʻrib sultoni" degan yuksak unvonni ham bergan. T. xalifani buvayhiylar (ular shialardan boʻlgan)ning tazyiqidan xalos qilib, islom dinining sunniy mazhabini mustahkamlagan. Keyinchalik T. xalifa al Qoimning qizi Sayyida Nisoga uylangan (1063.17.2).

T. 1038-yildayoq harbiy xizmatlari evaziga yirik lashkarboshilar va qarindoshurugʻlariga mamlakat hududini iqto sifatida taqsimlab bergan. T. Rayni, Chagʻribek Marvni oʻzlariga poytaxt qilganlar. Keyinchalik T. poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan (1050). Forslardan boʻlgan vaziri Abdulmalik Kunduriy (1064-yil qatl etilgan) yordamida ulkan Saljuqiylar saltanatini boshqargan.

Manba:Sayar addin Ali alXusayn i, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; AbulFazl Bayxaki, Istoriya Masʼuda (1030—1041), M., 1969.

Adabiyot tahrir

  • Agadjanov S. G., Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX — XIII vv., Ashxabad, 1969.

Qahramon Rajabov.