Van
Van — Turkiya sharqida, togʻ oraligʻidagi oqmas shoʻr koʻl. Dengiz sathidan 1720 m balandlikdagi tektonik soylikda joylashgan. Mayd. 3764 km². Chuq. 145 m. Shoʻrligi 19,1%o. Koʻl suvi Subxon va Namrut vulkanlarining otilishi vaqtida chiqqan jinslar bilan toʻsilib qolgan. V.dan tuz olinadi, baliq ovlanadi va mahalliy kema qatnovi (Anqara — Tabriz temir yoʻl paromi) mavjud. Sharqiy sohilida Van sh. bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil