Oqmas koʻl — bir yoki bir necha soydaryo quyilsa ham suvi oqib chiqmaydigan koʻl. Bundam koʻl suvi, asosan, bugʻlanishga sarf boʻladi. Mas, Qirgʻizistondagi Issiqkoʻlga Tup, Jirgʻalan kabi koʻplab daryo va soylar quyiladi. Qozogʻistondagi Balxash kuliga Ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsi va boshqa suvlar quyiladi, lekin, ulardan bironta ham soy oqib chiqmaydi. Kaspiy, Orol dengizlari ham aslida Oqmas koʻllardir. Asosan, qurgʻoqchil oʻlkalarda Oqmas koʻllarni suvi, odatda, shoʻr yoki shoʻrtob boʻladi[1].

Kaspiy dengizi Yerdagi eng katta oqmas ko'ldir

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil