Dilorom Yormatova

oʻzbekistonlik olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor

Dilorom Yormatovna Yormatova (1947-yil, Nurobod tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor (1993).

Dilorom Yormatovna Yormatova
Tavalludi 1947-yil
Nurobod tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi agronom
Sohasi qishloq xoʻjaligi
Taʼlimi Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Dilorom Yormatova 1947-yil Nurobod tumani Jom qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan[1]. 1969-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya fakultetini tugatgan. 1969—1997-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti assistenti, oʻqituvchi, professor vazifasida ishlagan. 1997-yildan Oʻzbekiston jahon tillari universiteti tabiiy fanlar kafedrasi professori[2][3].

Ilmiy faoliyati tahrir

1974-yilda fan nomzodlik dissertasiyasini yoqlab, respublika sharoitida mutlaqo yangi boʻlgan soya oʻsimligi agrotexnikasi bilan shugʻullanadi. 1992-yilda Butunittifoq Paxtachilik institutida „Oʻzbekistonda soya yetishtirish agrotexnikasini ilmiy asoslash“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Soya oʻsimligining beshta navini yaratib, uchta patent olgan. Ertapishar „Kelajak“ nomli bugʻdoy navini yaratgan. Respublikaga birinchilardan boʻlib ekologik toza moy beruvchi zaytun oʻsimligi olib kelgan, ikkita „Izumrud“ va „Qorakoʻz“ nomli yangi navlarini yaratib, 2015-yilda davlat reyestriga kiritildi. „Zaytun yetishtirish agrotexnikasi“, „Oʻzbekiston zaytuni“ nomli monografiyalar, 63 ta darslik, 70 ta ilmiy maqolalalar muallifi. Badiiy adabiyotga oid 21 nomdagi kitoblari, jumladan, „Yusuf va Zulayho“, „Nodirabegim muhabbati“[4], „Aylanayin ishq“, „Marmarga bitilgan sevgi“[5] kabi asarlari nashr ettirilgan[1]. Olima haqida Xosiyat Bobomurodova „Dalalarni kuylatgan ayol“ nomli asar yozgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. „Dilorom Yormatova Yormatovna“.
  3. „Tabiiy fanlar kafedrasi“. 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  4. „Dilorom YORMATOVA: Afsonaviy haqiqat“ (2022-yil 1-fevral).
  5. „Dilorom Yormatova: Marmarga bitilgan sevgi“ (2023-yil 7-yanvar).

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir

"Ҳаёт ҳақиқатлари": Дилором Ёрматова | Hayot haqiqatlari: Dilorom Yormatova