Dilshod Shermahammadovich Turdiyev (tugʻ. 19-oktyabr 1991-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — yunon-rum uslubidagi oʻzbek kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Ikki karra Osiyo chempionati sovrindori, Osiyo oʻyinlari sovrindori, XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Dilshod Turdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1991-yil
Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Boʻyi 178
Vazni 75
Sport
Qaysi sport yunon-rum kurashi

Martaba

tahrir

2002-yilda Qahramon Ibragimov boshchiligida „Dinamo“ sport jamiyatida shugʻullana boshladi[1]. 2008-yilda kadetlar oʻrtasida Osiyo chempioni, 2011-yilda esa oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori boʻldi.

2010-2014-yillarda Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)da tahsil olgan[2].

2012-yilda qitʼa saralash turnirida 66 kg vazn toifasida Tayyuan (Xitoy) shahrida boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olishga urinib koʻrdi, biroq saralash bahslarida magʻlub boʻldi[3].

2014-yilda Ostona (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 71 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 1/8 finalda yaponiyalik Tsutomu Fujimurani magʻlubiyatga uchratgan, ammo keyingi bosqichda qozogʻistonlik Qayrat Tugolboyevga yutqazib qoʻygandi[4]. Oʻsha yili Toshkentda oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida u birinchi davrada latviyalik kurashchi Kristaps Kalnakarklisni 6:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, keyingi bosqichda armanistonlik Varsham Boranyanga 10: 2 yutqazib qoʻydi. Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtayotgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida vazni 71 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar finalida koreyalik kurashchi Chon Jixyunga 9:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yil oxirida Birlashgan Jahon Kurash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra kurashchilar reytingida u toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[5].

2015-yilda Doʻha (Qatar) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u yarim finalda koreyalik Olimpiada chempioni polvon Xyon Vu Kimga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[6].

2016-yilda Ostona shahrida (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarining qitʼa saralash turnirida 75 kilogrammgacha vazn toifasida u yana finalda koreyalik kurashchi Xyon Vu Kimga yutqazib qoʻydi, ammo Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Olimpiada oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[7].

Bangkok shahrida (Tailand) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda jahon chempionati sovrindori qozogʻistonlik kurashchi Dosjan Kartikovga yutqazib qoʻydi[8]. Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u ikkinchi davrada serbiyalik kurashchi Viktor Nemesh bilan uchrashdi, ammo keskin kurashda hakamlar qaroriga koʻra magʻlub boʻldi.

2017-yili Nyu Dehli (Hindiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u bor-yoʻgʻi sakkizinchi oʻrinni egalladi. 2018-yilda u sport karerasini yakunladi.

Manbalar

tahrir
  1. „International Wrestling Database“. www.iat.uni-leipzig.de. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  2. „ZiyoNET › Деятели › Турдиев Дилшод Шермахаммадович“. web.archive.org (2017-yil 22-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  3. „International Wrestling Database“. www.iat.uni-leipzig.de. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  4. „Wayback Machine“. web.archive.org (2015-yil 24-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  5. „Семь борцов из Узбекистана вошли в мировой рейтинг лучших в 2014 году“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  6. https://uww.org/sites/default/files/media/document/event/results/results_05_doha_0.pdf
  7. „Борец Дильшод Турдиев получил лицензию на Олимпиаду“ (ru-UZ). Газета.uz (2016-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  8. https://uww.org/sites/default/files/media/document/event/results/bangkok-cover.pdf