Dima Ghawi (1975-yil 18-iyulda tugʻilgan) — Iordaniya-Amerika mukofot gʻolibi boʻlgan muallif, rahbarlik boʻyicha yetakchi notiq va bosh murabbiy. Dima Ghawi, LLC asoschisi hamda „Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle eastern Womanʼs Story“ (2018) nomli kitobning muallifi sanalanadi.

Dima Ghawi
Tavalludi
Dima Ghawi

18-iyul 1975-yil (1975-07-18) (49 yosh)
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya, Iordaniya va AQSh
Taʼlimi

Magistratura San Diego Universitetida

Bakalavr Iqtisodiyotdan San Diego Shtati Universitetida
Veb-sayti
dimaghawi.com

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Ghawi Turkiyaning Anqara shahrida tugʻilib, Iordaniyaning Amman shahrida oʻsgan va keyinchalik 1996-yilda Kaliforniyaning San Diego shahriga koʻchib kelgan. Yaqin Sharq madaniyati va qadriyatlari ichida oʻsgani uning dastlabki tanlovlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Ghawi oʻzining hikoyasi bilan ilk marotaba 2014-yilda TEDxLSU sahnasida oʻrtoqlashgan[1].

Ghawi 2 yil davomida Amman shahridagi Iordaniya Universitetida tahsil olgan. Qoʻshma Shtatlarga koʻchgani sababli oʻqishini San Diego Shtat Universitetiga koʻchirgan hamda u yerda 1999-yil Iqtisodiyot yoʻnalashi boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan[2]. 2004-yilda kelib San Diego Universiteti magistraturasini ham tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

Ghawi uch karra TEDx nutq soʻzlovchisi[3] va oʻzining „Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle Eastern Womanʼs Story“ xotira kitobi bilan juda mashhur boʻlgan.

Kitoblari

tahrir
  • Ghawi, Dima. Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive - A Middle Eastern Woman's Story. Dima Ghawi, LLC., 2018 — 232-bet. ISBN 978-0997809350. 

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir