Dinamograf (yun. dynamis — kuch va ... graf) — 1) mashina va mexanizmlar detallariga taʼsir etayotgan kuchning maʼlum vaqt ichida oʻzgarishini qogʻoz tasmaga chiziq (nuqta) koʻrinishida qayd qiladigan asbob. D. dinamometr va qayd qiluvchi moslamadan iborat. Prujinali, gidravlik va elektr D.lar boʻladi. Kuch qiymati planimer bilan aniqlanadi. D. mashina va mexanizmlar ishini, neft quduqlaridan neft soʻrib oladigan nasoslarning ishini nazorat qilish va b. maqsadlarda ishlatiladi; 2) dengizlarda suv toʻlqinining qirgʻokdagi inshootlarga va qirgʻoqqa urilish kuchini oʻlchaydigan asbob.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil