Dinsizlik
Dinsizlik deb dinga berilmaganlik, befarqlik, ishonmaslik, dinni rad etish yoki dinga qarshilikka aytiladi.[1] Diniy ishonchni rad etuvchi dinsizlikka ateizm, diniy dissidentlik va dunyoviy gumanizm kiradi. Dinga qarshi dinsizlikka antiteizm, antiklerikalizm va antidin kiradi. Dinga befarq dinsizlikka apateizm kiradi. Dinga berilmaganlik yoki ishonmaslikka agnostitsizm, ignostitsizm, nonteizm va hur fikr kiradi. Xudoga ishonchi bor dinsizlikka deizm deyiladi.[2]
2012-yilda oʻtkazilgan soʻrovga binoan dunyo aholisining 36%i dinsiz boʻlib, 2005—2012-yillarda dinsizlik 9%ga oshgan.[3] 2010-yilgi Pew Global Report tadqiqotiga binoan Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalari aholisi dinga eng kam berilgan.[4] Adherents.com maʼlumotlariga binoan dinsizlarning 40—50%i deist boʻlishi mumkin.[5]
Turlari
tahrir- Agnostik ateizm ham ateizmni, ham agnostisizmni oʻz ichiga olgan falsafiy pozitsiyadir.
- Agnostisizm — bu Xudoning, ilohiy yoki gʻayritabiiy narsalarning mavjudligi nomaʼlum degan qarash.
- Antidin — bu har qanday dinga qarshi chiqish yoki rad etish.
- Apatiya — xudo(lar)ning mavjudligi yoki yoʻqligiga nisbatan befarqlik munosabati.
- Ateizm — bu har qanday xudolar mavjudligiga ishonchning yoʻqligi.
- Antiteizm — teizmga qarama-qarshilik . Ushbu atama bir qator qoʻllanilishiga ega. Odatda har qanday xudoga boʻlgan eʼtiqodga toʻgʻridan-toʻgʻri qarshilik koʻrsatadi.
- Naturalizm — koinotda faqat tabiiy (gʻayritabiiy yoki ruhiy qonunlardan farqli oʻlaroq) qonunlar va kuchlar ishlaydi, degan gʻoya yoki eʼtiqod.
- Postteizm — teizm va ateizmning boʻlinishi eskirganligini, Xudo insoniyat rivojlanishining hozirgi bosqichiga tegishli ekanligini anglatadigan noteizmning bir variantidir . Noteizm ichida postteizmni antiteizm bilan solishtirish mumkin.
- Sekulyarizm koʻpincha jamoat sohasida dinni minimallashtirish tarafdori boʻlgan siyosiy eʼtiqodni tasvirlash uchun ishlatiladi. Biroq, bu baʼzan, ayniqsa AQSHda naturalizm yoki ateizmning sinonimi hisoblanadi[6].
- Transteizm na teistik, na ateistik, balki ulardan tashqarida boʻlgan fikrlash yoki diniy falsafa tizimiga ishora qiladi .
Inson huquqlari
tahrir1993-yilda BMTning inson huquqlari qoʻmitasi Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 18-moddasi „teistik, noteistik va ateistik eʼtiqodlarni, shuningdek, hech qanday din yoki eʼtiqodga eʼtiqod qilmaslik huquqini himoya qiladi“ deb eʼlon qildi[7]. Qoʻmita yana „din yoki eʼtiqodga ega boʻlish yoki qabul qilish erkinligi, albatta, din yoki eʼtiqodni tanlash erkinligini, shu jumladan, hozirgi din yoki eʼtiqodini boshqasiga almashtirish yoki ateistik qarashlarni qabul qilish huquqini nazarda tutadi“, deb taʼkidlagan. Konventsiyani imzolagan davlatlarga dindorlar yoki dinsizlarni oʻz eʼtiqodlaridan voz kechishga yoki dinni oʻzgartirishga majbur qilish uchun jismoniy kuch ishlatish tahdidi yoki jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi[8].
Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasining (1982-yilda qabul qilingan) 36-moddasida „Hech bir davlat organi, jamoat tashkiloti yoki shaxs fuqarolarni dinga eʼtiqod qilishga majburlashi mumkin emas. Hech qanday dinga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolarni kamsitish mumkin emas“ dab yozilgan. Xitoyning 1978-yilgi Konstitutsiyasining 46-moddasida „Fuqarolar dinga eʼtiqod qilish erkinligi va dinga eʼtiqod qilmaslik va ateizmni targʻib qilish erkinligidan foydalanadilar“ deb yanada aniqroq ifodalangan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ *„Irreligion as presented in 26 reference works“.
- „Definition including hostility and indifference“, Compact Oxford Dictionary, 2012-04-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-22
- „Definition including lack and indifference“, Collins Dictionary
- „Irreligion“, Encyclopedia of Religion and Society, qaraldi: 2012-02-18
- Colin Campbell, 2qi3AQ&redir_esc=y#v=onepage&q=Active%20rejection%20religion&f=false „Irreligion“, Encyclopedia of Religion and Society, qaraldi: 2012-02-18
{{citation}}
: Check|url=
value (yordam)
- ↑ Campbell, Colin. 1971. Towards a Sociology of Irreligion. London:McMillan p. 31.
- ↑ „Global Index of Religiosity and Atheism“. WIN-Gallup International (27-iyul 2012-yil). 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-avgust. (WebCite saytida 2013-04-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ „The Global Religious Landscape - Religiously Unaffiliated“. Pew Research Center. 2013-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
- ↑ „Major Religions of the World Ranked by Number of Adherents“. Adherents.com (2007). 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2008-06-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ Jacques Berlinerblau, How to be Secular: A Field Guide for Religious Moderates, Atheists and Agnostics (2012, Houghton-Mifflin Harcourt). p. 53.
- ↑ „CCPR General Comment 22: 30/07/93 on ICCPR Article 18“. Minorityrights.org. 2015-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Davis, Derek H. „The Evolution of Religious Liberty as a Universal Human Right“. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-mart.
- ↑ „CHAPTER TWO – THE FUNDAMENTAL RIGHTS AND DUTIES OF CITIZENS“. 2018-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.