Diokletian
Diokletian (Diocletianus) (243— 313/316) — qad. Rim imperatori (284— 305). Imperiyadagi ahvolni yaxshilashga olib kelgan bir qancha islohotlarni oʻtkazgan (oʻziga uchta taxtdosh tayinlagan, imperiyani 4 ta qismga, bu qismlarni esa 12 diotsezlarga taqsim etgan; armiyani kuchaytirib, uning sonini 450 ming askarga yetkazgan; soliklarni tartibga solgan va b.). Dominat (cheklanmagan monarxiya) tuzumining oʻrnatilishi D. nomi bilan bogʻliq. 303—304 yillarda xristianlarni quvgʻin qilgan. Bu voqea keyinchalik xristian va islom dini muqaddas kitoblarida aks etgan (mas, Qurʼoni karimdagi "Kahf" surasi). D. nomi Sharq xalqlari orasida Daqyonus shaklida ham mashhur.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |