Alen Kaluyituka (1987-yil, 2-yanvarda tugʻilgan) — Kongo DR assotsiatsiyasi futbolchisi, hozirda hujumchi sifatida oʻynaydi. U oʻz mamlakati Kongo Demokratik Respublikasi sharafini 30 marta himoya qilib, 9 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. U oʻzining sobiq klubi TP Mazembeni xalqaro futbolda CAF Chempionlar Ligasida va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida himoya qilgan.

Alain Kaluyituka
Kaluyituka TP Mazembe safida 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alain Kaluyituka
Tavallud sanasi 2-yanvar 1987-yil (1987-01-02) (37 yosh)
Tavallud joyi Kinshasa, Zaire
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2006 AS Vita
2007—2011 TP Mazembe
2011—2015 Al Ahli 65 (52)
2012—2013Al Kharaitiyat (ijara) 17 (8)
2015—2017 Al-Gharafa 15 (5)
2016Lekhwiya (ijara) 8 (5)
2016—2017Muaither SC (ijara) 10 (4)
Milliy terma jamoa
2004—2013 Congo DR[1] 30 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-aprel 2016-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Dioko Kinshasada tugʻilgan va 2004-yilda Linafoot klubi AS Vita Club klubini 2 yil himoya qilgan. Keyin u 2007-yilda TP Mazembega oʻtadi va u yerda darhol muvaffaqiyat qozonadi. U klub safida 2007-yilda CAF Chempionlar ligasida oʻynagan va ular FAR Rabat tomonidan musobaqadan chiqazib yuborishdan oldin 1/16 saralash bosqichiga chiqqan. 2008-yilgi CAF Chempionlar ligasida u oʻz klubini himoya qilgan, ammo ular B guruhidan chiqib ketishgan va umumiy hisobda uchinchi oʻrinni egallashgan[2]. Ularning yakuniy muvaffaqiyati 2009-yilgi CAF Chempionlar ligasida boʻlib, Mazembe gʻalaba qozongan. Dioko 8 ta gol urib, Oltin butsa qoʻlgan kiritgan. Bu TP Mazembe birinchi marta 2009-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma olishlariga sababchi boʻldi. Dioko klublar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotgan klubni himoya qilgan, ular 7 ta klub oʻrasida 6-oʻrinni egallashdi[3].

U 2010-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim finalidagi ikkinchi golni kiritdi, oʻshanda TP Mazembe Braziliyaning Internacional jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, Yevropa va Janubiy Amerika tashqarisida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqan birinchi jamoa boʻldi. Turnirda Kumush toʻp bilan taqdirlandi.

2011-yilda Dioko Qatarning Al-Ahly Doha klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4], u allaqachon Mazembe klubidagidek yangi klubida ham 15-raqamli formada jamoasini himoya qiladigan boʻldi. Transferni yakunlash chogʻida Mazembe va Al Ahly oʻrtasida nizo kelib chiqdi. FIFA Al Ahly foydasiga qaror qildi va futbolchi Qatar Yulduzlar Ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi[5].

2012-yilning iyulida Dioko Al Ahlydan Al Kharaitiyatga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi. U 2015-yilning iyulida Al Gharafaga oʻtdi[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Dioko DR Kongo milliy futbol jamoasi sharafini 10 marta himoya qilgan va 3 marta gol urgan. Oʻyinlarning barchasi 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida boʻlgan.

Xalqaro ishtiroki tahrir

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Kongo Demokratik Respublikasining gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2004-yil 3-iyul Stadio da Varzea, Praia, Kabo-Verde Kabo-Verde 1 — 0 1-1 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 2009-yil 9-may Milliy stadion, Dar es Salaam, Tanzaniya Tanzaniya 1 — 0 2-0 Doʻstona
3. 2 — 0
4. 2011-yil 7-oktyabr Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR   Kamerun 1 — 0 2-3 2012 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
5. 2011-yil 11-noyabr Somhlolo milliy stadioni, Lobamba, Svazilend   Swaziland 1 — 0 3-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6. 2011-yil 15-noyabr Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR   Swaziland 2 — 0 5-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
7. 4 — 0
8. 2012-yil 29-fevral Stade Linite, Viktoriya, Seyshel orollari   Seyshell orollari 1 — 0 3-0 2013 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
9. 3 — 0

Yutuqlari tahrir

TP Mazembe
  • Linafoot: 2009
  • CAF Chempionlar Ligasi: 2009, 2010
  • 2010 FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon Chempionati: Ikkinchi oʻrin

Individual tahrir

Manbalar tahrir

  1. Dioko Kaluyituka at National-Football-Teams.com
  2. „Congo DR - D. Kaluyituka - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“ (inglizcha). int.soccerway.com. Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
  3. FIFA.com. „FIFA Club World Cup archive - FIFA.com“ (inglizcha). FIFA.com. 2010-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
  4. „Congolese Kaluyituka for Ahli“. 2011-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2011-yil.
  5. „Fifa says Kaluyituka is free to play in Qatar“ (inglizcha). BBC Sport (14-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
  6. „Al Ahli to unveil new Congolese signing Firmin Ndombe Mubele to media“. Qatar Stars League (8-iyul 2015-yil). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2015-yil.