Dioptrimetr
Dioptrimetr (dioptriya va ... metr) — optik (koʻzoynakka ishlatiladigan) shishaning sindirish kuchini oʻlchaydigan hamda astigmatik (tas-virni buzib koʻrsatadigan) koʻzoynak shishasining asosiy meridianlari oʻrnini aniklaydigan asbob. Sindirish kuchi dioptriya [D] da belgilanadi. Kollimator, koʻrish trubasi, sanash mikroskopi, oʻlchanayotgan linzaga ish-lov berish mexanizmi, uning diametrini oʻlchash, linzani markazlash va belgilash mexanizmidan iborat. D. optik shishalarning sindirish kuchini ±0,12 Agacha aniqlikda oʻlchash imkonini beradi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |