Dioptriya (yun. dioptra — ichitashini koʻrish) — linzalar yoki sferik koʻzgular optik kuchining birliklar tizimiga kirmaydigan birligi; qisqacha D bilan belgilanadi. D da ifodalangan optik kuch m larda ifodalangan bosh fokus masofasining teskari qiymatiga teng . 1 D. bosh fokus masofasi 1 m boʻlgan linza yoki sferik koʻzguning optik kuchiga teng . Nurni yigʻuvchi linzalar musbat (+), sochuvchi linzalar manfiy (—) D.li boʻladi. Koʻzoynaklarning optik kuchi ham D bilan oʻlchanadi. Yaqindan koʻruvchilar uchun D (—) manfiy, uzokdan koʻruvchilar uchun D (+) musbat koʻzoynaklar tavsiya etiladi. Bunda koʻzoynak linzalarining nur sindirishini anikdab beradigan asbob — dioptrimetrsan foydalaniladi. Dioptrimetr yordamida linzalarning tuzilishi, asosiy astigmatik meridianlari, optik markazi aniqlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil