Diorama
Diorama, diarama (dia... va yun. horama — koʻrinish, manzara) — 1) maxsus yoritiladigan materialga ishlanadigan rasm, tasvir turi; 2) old qismiga turli narsalar, maketlar, odam shakllari qoʻyilgan va orqa tomonda yarim doirasimon yuzaga ishlangan kompozitsiya; taʼsirchanlikni oshirish uchun tasvir sunʼiy yoritiladi. Yirik D.lar maxsus binolarga oʻrnatiladi. Dastlabki D. Parijda L. Dager tomonidan yaratilgan (1822), 19-asrda keng tarqalgan. "1944 yil 7 mayda Sapungorani shturm kilish" (1959, rassom — P. T. Malsev; G. I. Marchenko va N. S. Prisekinlar ishtirokida) eng mashhur D.lardan. Oʻzbekistan muzey va koʻrgazmalarida D.dan keng foydalaniladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |