Diplokokklar (Diplococcus) — Lactobacteriaceae oilasiga mansub bakteriyalar turkumi. Juft-juft boʻlib, oʻzaro yopishgan sharsimon bakteriyalar; baʼzan kalta zanjir hosil qiladi. Asosan grammusbat bakteriyalar, baʼzi D. grammanfiy, shakli dukkakka oʻxshash. D., odatda, harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Saprofit yashovchi xillari tuproq, suv va havoda tarqalgan. Ularga zotiljam, meningit, soʻzak kabi ogʻir kasalliklarni paydo qiluvchi bakteriyalar ham kiradi. Zotiljam D. (D. rpeitoshaye)ning 80 dan ortiq, meningokokk (D. meningitalis)ning A, V, S, D serotiplari mavjud.

Diplokokklar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil