Diplomatik pochta - davlat (odatda, tashqi ishlar mahkamasi timsolida) bilan uning chet eldagi diplomatik, konsullik va b. vakilliklari, shuningdek, vakilliklar oʻrtasidagi aloqaning eng muhim va keng tarqalgan vositalaridan biri. Maxsus tartib boʻyicha yoʻlga qoʻyiladigan D.p. orqali xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlar tegishli manzillarga diplomatik kuryer tomonidan yetkazib beriladi. Bu narsalar paket, chamadon va kop (valiz)larga joylanadi: vakolatli organ tomonidan soʻrgʻichlanib, muhrlanadi va kuryer varaqasi tegishli shaklda toʻldiriladi. D.p.da va kuryer varaqasida xat-hujjat hamda yuklar olib borilayotgan manzil, "Expedition of Tiselle" deb yozilgan belgi, albatta, boʻlishi kerak. Har bir kop D.p.da alohida oʻrin egallab, ham maxsus vakolatlangan shaxslar kuzatuvida, ham kuzatuvchisiz oddiy aloqa kanallari orqali yetkazilishi mumkin. D.p. daxlsiz boʻlib, uni ochish, yoʻlda ushlash mumkin emas, unga boj ham olinmaydi. D.p.ga oid eng muhim qoidalar Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi 1961 yilgi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil