Dirak tenglamasi - x spinli zarralar (mas, elektronlar va pozitronlar, myuonlar) harakatining nisbiylik nazariyasi talablarini qanoatlantiradigan kvant tenglama. 1928 yilda P.Dirak aniklagan. D. t. erkin elektronlardan fotonlarning sochilishi (qarang Kompton effekti) va elektron tormozlanganda elektron nurlanishi (qarang Tormoz nurlanish) mohiyatini ochib bergan. D. t. bilan kvant oʻtishlar tufayli yangi zarralar paydo boʻlishi tushuntirildi. Bunday zarrani 1932 y. K. Anderson kashf qildi va pozitron deb atadi. Bu esa Dirak elektronlar nazariyasining tasdiklanishi edi. Elektronning bir energetik satxdan ikkinchisiga oʻtishi elektron-pozitron jufti yoki bu juft annigilyasiyasi bilan roʻy beradi. D.t. -j (y birlikda) spinli boshqa zarralar: myuonlar, neytrinolar va hokazo uchun ham oʻrinlidir. U nuklonlar (neytron va proton)ga tatbiq qilinganda notoʻgʻri natijalarga olib keladi, chun-ki D. t.ni kuchli oʻzaro taʼsirga tatbiq qilish mumkin emas. D.t. kvant mexanikaning asosiy tenglamalaridan biri hisoblanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Dirak P. A. M., Prinsipi kvantovoy mexaniki, per. s angl., M., I960; Davidov A. S, Kvantovaya mexanika, M., 1973; Bogolyubov N.N.,Shirkov D. V., Vvedeniye v teoriyu kvantovix poley, M., 1977.