Diriyah ePrix — bu Saudiya Arabistonining Diriyah shahrida boʻlib oʻtadigan elektromobillar poygasi boʻlib, Formula E chempionatining asosiy poygalaridan biri hisoblanadi. U birinchi marta 2018-19-yilgi mavsum doirasida oʻtkazilgan va Yaqin Sharqda oʻtkazilgan birinchi Formula E poygasi edi[1]. Ikkinchi Diriyah ePrix 2019-yil 22 va 23-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Ushbu chempionat 2022-23-yilgi mavsumda ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan[2]. Diriyah ePrixda eng tez aylanish Nyck de Vriesga tegishli (Mercedes-EQ — 2021) — 1:08,811. Diriyah ePrix UNESCO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy choʻl atrofida oʻtkaziladi.

Tarixi

tahrir

Saudiya Arabistonining xalqaro sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uzoq muddatli rejasining bir qismi sifatida Bosh sport boshqarmasi Saudiya Arabistoni avtomobil federatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida Formula E ePrix musobaqasini oʻtkazish boʻyicha oʻn yillik kelishuvga erishdi. Ushbu poyga bahslari tashkil etilganidan beri Formular E mavsumlarining ochilish oʻyinlarida oʻtkaziladi[3]. Ushbu poygalarda eng koʻp gʻalabaga erishgan avtopoygachilar Sam Bird, Nyck De Vrieslar hisoblanadi. Ularning har ikkisi ikki martadan gʻalabaga erishishgan. Jamoalar oʻrtasidagi natijalar ham shunday va mos ravishda Andretti-BMW i, Mercedes jamoalar bu natijaga erishgan.

Avtodrom

tahrir

Poyga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning shimoli-gʻarbiy chekkasida joylashgan Diriyah shahridagi Riyod trassasida oʻtkaziladi. Trassaning uzunligi 2,495 km va 21 burilishdan iborat. Bu konfiguratsiya ePrixning 2018 va 20190yilgi mavsumlari uchun ishlatilgan, 2021-yilgi mavsumi uchun kichik oʻzgartirishlar kiritilgan[4].

Natijalar

tahrir
Mavsum Trassa Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Oʻrta pozitsiya Tez aylanish Manba
2018 Ar-Riyod trassasi   António Félix da Costa   Jean-Éric Vergne   Jérôme d'Ambrosio   António Félix da Costa   André Lotterer [5]
2019 1-poyga   Sam Bird   Stoffel Vandoorne   André Lotterer   Alexander Sims   Mitch Evans [6]
2-poyga   Alexander Sims   Lucas di Grassi   Stoffel Vandoorne   Alexander Sims   António Félix da Costa [7]
2021 1-poyga   Nyck de Vries   Edoardo Mortara   Mitch Evans   Nyck de Vries   Stoffel Vandoorne [8]
2-poyga   Sam Bird   Robin Frijns   António Félix da Costa   Robin Frijns   Nyck de Vries [9]
2022 1-poyga   Nyck de Vries   Stoffel Vandoorne   Jake Dennis   Stoffel Vandoorne   Nick Cassidy [10]
2-poyga   Edoardo Mortara   Robin Frijns   Lucas Di Grassi   Nyck de Vries   Sam Bird [11]

Gʻoliblar

tahrir
Gʻolib Avtopoygachi Yil
2   Sam Bird 2019-yil (1-poyga), 2021 (2-poyga)
2   Nyck De Vries 2021-yil (1-poyga), 2021 (1-poyga)
Manba:[12]

Manbalar

tahrir
  1. „Formula E set to revolutionize motorsport fans’ experience at Ad Diriyah E-Prix in Saudi Arabia“ (inglizcha). Arab News (5-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  2. „Formula E is returning to Saudi Arabia this year“ (inglizcha). Esquire Middle East. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
  3. „Formula E to race in Ad Diriyah for opening round of Season 5“ (inglizcha). FIA Formula E. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  4. Thukral, Rachit; Vinel, Benjamin „Formula E makes last-minute Diriyah track layout changes“ (en). www.motorsport.com (16-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  5. „2018 Saudia Ad Diriyah ePrix“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  6. „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 1“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  7. „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 2“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  8. „Formula E 2021 Diriyah ePrix 1 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  9. „Formula E 2021 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  10. „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  11. „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  12. „Formula E Winners List (Drivers)“. Formula E Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.