Stoffel Vandoorne
Stoffel Vandoorne (1992-yil 26-martda tugʻilgan) belgiyalik professional poygachisi boʻlib, hozirda Formula E tasnifidagi Dragon Racing poygalarida ishtirok etib kelmoqda. U 2016-yildan 2018-yilgacha McLaren jamoasi tarkibida Formula 1 poygalarida ishtirok etgan[1][2]. Shuningdek hozirda Mercedes-AMG Petronas F1 va McLaren jamoasi tarkibidagi sinov haydovchisi ham hisoblanadi. U 2015-yilda GP2 seriyasi va 2021—2022-yilgi Formula E mavsumida Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan[3]. Hozirda u Monte-Karlo (Monako) va Roeselare (Belgiya)da istiqomat qiladi.
Stoffel Vandoorne | |
---|---|
Vandoorne (2019) | |
Millati | belgiyalik |
Tugʻilgan joyi |
26-mart 1992-yil Kortreyk, Belgiya |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2018-19 |
Hozirgi jamoa | DS Penske |
Avtomobil raqami | 1 |
Sobiq jamoasi | HWA Racelab, Mercedes-EQ Formula E Team |
Startlar | 55 |
Chempionatlar | 1 (2021-22) |
Gʻalabalar | 3 |
Unvonlar | 15 |
Pole pozitsiyasi | 7 |
Tez aylanishlar | 4 |
Hayoti
tahrirStoffel Vandorne Gʻarbiy Flandriyadagi Kortreykshahrida tugʻilgan. Vandorne avtosport bilan olti yoshida otasi bilan karting boʻyicha jahon chempionating Flandriyadagi gran-prisiga tashrif buyurish paytida tanishgan. Vandorne karting bilan shugʻullanishni ushbu poyga trassasi egasi unga mini karting mashinasi sovgʻa qilganidan soʻng boshladi[4].
Faoliyati
tahrirDastlab, mablagʻ yetishmasligi Vandorneni yiliga 3-4 poygada ishtirok etish bilan cheklab qoʻydi. 16 yoshida u Belgiyada KF2 chempioni boʻlishga erishdi. 2009-yilda u CIK-FIA jahon chempionatida KF2 toifasida ikkinchi oʻrinni egalladi . Xuddi shu yili u Belgiya Qirollik avtomobil klubi tomonidan oʻtkazilgan „steering wheel“ tanlovida gʻolib chiqdi. 45000 evro mukofot puli unga avtomobil poygasi boʻyicha F4 yevrokubogida faoliyatini boshlashga yordam berdi.
2010-yilda Vandoorne bitta oʻrindiqli poyga avtobillar ishtirok etuvchi F4 Eurocup 1.6 seriyasiga kiruvchi musobaqaga qoʻshildi. U mavsumni oltita gʻalaba va shohsupaning yana uchta turli pogʻonalari bilan yakunlash evaziga birinchi urinishidayoq ushbu seriyada gʻalaba qozondi. Ushbu gʻalaba unga kelasi yili Formula Renault 2.0 Yevrokubogida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi. Shuningdek, u FIA Haydovchilar Akademiyasidan ham joy oldi.
2014-yil yanvar oyida Vandoorne GP2 poygalarida ART jamoasi tarkibida debyut mavsumini oʻtkazishini tasdiqladi. Bahrayndagi ochilish poygasida Vandoorne mavsumdagi birinchi gʻalabasini qayd etdi. U ketma-ket toʻrtta pole pozitsiyadan start olishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek Hungaroring, Monza va Yas-Marinada yana uchta gʻalaba va qoʻshimcha olti marta shohsupaga koʻtarilishga erishdi[5].
Natijalar
tahrirUmumiy natijalar
tahrirMavsum | Seriya | Jamoa | Oʻrin |
---|---|---|---|
2008 | KF2 | VDK Racing | 13th |
Belgian Championship — KF2 | 1 | ||
2009 | CIK-FIA European Championship — KF2 | VDK Racing | 23 |
CIK-FIA World Cup — KF2 | 2 | ||
WSK International Series — KF2 | 22 | ||
2010 | Racehall of Champions — 80 kg | 12 | |
2012 | Racehall of Champions — 80 kg | 1 |
F4 Eurocup 1.6
tahrirYil | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | Poz | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2010 | ALC 1 2 |
ALC 2 1 |
SPA 1 1 |
SPA 2 1 |
MAG 1 2 |
MAG 2 1 |
HUN 1 16 |
HUN 2 4 |
HOC 1 1 |
HOC 2 1 |
SIL 1 4 |
SIL 2 2 |
CAT 1 4 |
CAT 2 4 |
1 | 159 |
Le Man poygasi natijalari
tahrirYil | Jamoa | Yordamchi poygachi | Aylanish | Klass | Aylanish | Poz. | Klass Pos. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2019 | SMP Racing | Mixail Aleshin Vitaly Petrov |
BR Engineering BR1-AER | LMP1 | 379 | 3 | 3 |
2021 | Jota Sport | Tom Blomqvist Sean Gelael |
Oreca 07-Gibson | LMP2 | 363 | 7 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Stoffel Vandoorne to leave McLaren at the end of the 2018 season“. McLaren. 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
- ↑ Thorn, Dan „Vandoorne Is Making The Switch To Formula E For Season Five“. WTF1 (2018-yil 15-oktyabr). 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
- ↑ van Ufford, Nicolás Quarles. „Vandoorne to become sim-driver for Mercedes in 2019“. www.gpblog.com (2018-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
- ↑ Mills, Peter „Vandoorne: future McLaren F1 star?“ (en). AUTOSPORT.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
- ↑ „Stoffel Vandoorne“ (en). Motor Sport Magazine (2015-yil 6-avgust). Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.