Disaharidlar yoki biozalar, S|2N22OP — molekulalari ikki monosaharid qoldigʻidan tuzilgan uglevodlar, hammasi glikozidlar tipida tuzilgan. Qaytarish xossasiga ega boʻlmagan D.ga 2 glyukoza qoldigʻidan tuzilgan tregaloza (mikoza), glyukoza va fruktoza qoldiqlaridan tuzilgan saharoza va b., qaytaruvchi xossali D.ga maltoza, sellobioza, laktoza va b. kiradi. D. kristallanadi, suvda, 45—48°li spirtda eriydi; chuchmal. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanganda monosaharidlar hosil boʻladi. D. oʻsimlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. Odatda, tabiiy manbalardan (mas, saharoza — qand lavlagi yoki shakarqamishdan, laktoza — hayvonlar sutidan) olinadi. Aksarisi kimyoviy va biokimyoviy usullar bilan sintezlanadi. Saharoza, laktoza va maltoza — qimmatli oziq-ovqat va taʼm beruvchi moddalar.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil