Disk
Disk (yun. discos — yassi doira. dumaloq plastinka) — 1) mashina va mexanizmlarning doira shaklidagi qismi; 2) yengil atletikada irgʻitishga moʻljallangan sport asbobi. D.ning diametri 221 mm, ogʻirligi 2 kg; oʻsmirlarga moʻljallanganining diametri 201 mm, ogʻirligi 1,5 kg; ayollarga moʻljallanganining diametri 182 mm, ogʻirligi1 yoki 0,5 kg . D. metalldan, yogʻochdan va rezinadan qilinadi (yogʻochdan yasalgan D. gardishiga odatda, metall qoplanadi); 3) oʻq otar qurollarning oʻqdoni.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |