Dispersnoy analiz
Dispersnoy analiz - matematik statistika usullaridan biri; bir necha omillarga bogʻliq tajribalar natijalarini tahlil qilishda, bu omillarning qaysi biri shu tajriba natijasiga qanday taʼsir qilishini aniklash. Bu usulni 1925 yilda ingliz statistik olimi R. Fisher agronomiyaga doyr tajribalar natijalarini urganish uchun taklif qilgan. D. a.ning asosiy masalalaridan biri — tajribada kuzatilgan natijalarning jami normal taqsimotga ega boʻlgan bir xil tasodifiy miqsor qiymatlari toʻplami yoki oʻrtacha qiymatlari turlicha boʻlgan normal taqsimlangan bir necha tasodifiy miqdorlar qiymatlari toʻplami ekanligini aniklashdan iborat. D. a.ning eng sodsa masalasi tajriba natijalariga koʻra bir xil dispersiyaga ega boʻlgan normal taqsimlangan tasodifiy miqdorlar guruhlarining oʻrta qiymatlari tengligi haqidagi statistik gipotezani tekshirish masalasidir. D. a.da shunga oʻxshash masalalarni hal qilishning miqdoriy usullari ishlab chiqilgan. Masalan, agar tajriba oʻtkazish mobaynidagi barcha oʻlchashlar natijasi teng chiksa va tasodifiy xatolar normal taqsimot qoidasiga boʻysunsa, u holda yakuniy natija maxsus (dispersion taqsimot) jadvallari yordamida aniqlanadi. D. a. ayniqsa qishloq xoʻjaligi sohasidagi turli xil ag-ronomik usullarni, yangi navlarni solishtirish bilan bogʻliq boʻlgan tajri-balarning natijalarini tadqiq qilishda, shuningdek, iqtisodiyot, texnika, biologiya va b. sohalarda qoʻllanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |