Dispetcherlash — i. ch. va b. jarayonlarni tezkor nazorat qilish hamda boshqarishni markazlashtirish; axborotlarni uzatish va qayta ishlashning eng zamonaviy vositalarini qoʻllashga asoslanadi. D. asosiy i. ch. siklidagi barcha jarayonlarning uzluksiz bajarilishini, tejamliligini taʼminlashga, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalarning uzluksiz ishlashini uyushtirishga xizmat qiladi.

D.ni dispetcherlik xizmati amalga oshiradi. D. ishlab chiqarish jarayoni murakkab, koʻp bosqichli korxonalarda katta ahamiyatga ega boʻlib, u koʻpgina sohalar — mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika, energetika va elektrlashtirish, kimyo, qurilish va qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari, qishloq va suv xoʻjaligi, transport tarmoklari va b. sohalarda keng qoʻllanadi: Energetikani D.da elektr st-yalar, elektr uzatish liniyalari va b. operativ boshqariladi. Energetika dispetcheri bir qancha elektr st-yalari va elektr tarmoqlarining birgalikdagi ishini tekshiradi hamda muvofiqlashtiradi. Sanoat korxonalarini D .da kelayotgan axborotni avtomatik ishlash uchun mantiqiy qurilmadan yoki boshqaruvchi kompyuterlardan foydalaniladi. Qurilishni D. aloqa, avtomatik hisobga olish va nazorat qilishning hozirgi zamon jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Bunda qurilish oʻz vaqtida ishchilar, materiallar, loyihalar, qurilish mashinalari, transport bilan taʼminlanadi; qurilish may-donlari ishlari muvofiklashtiriladi; ishchilar, mashinalarning boʻsh turib qolishi va b. kamchiliklar yoʻqotiladi. Avtomobil, havo, suv va temir yoʻl transportlaridagi dispetcherlik xizmatining tarkibi va tashkil etilishi ayrim turdagi transportlarning xususiyatiga va ularning texnik jihozlanishiga koʻra sanoat korxonalaridagi dispetcherlik xizmatidan farq qiladi, bunda yoʻlovchi va yuklarni toʻxtovsiz va maromida tashishga asosiy eʼtibor qaratiladi. Oliy oʻquv yurtlarida dispetcherlik xizmati dare jadvallarini tuzish, oʻquv auditoriyalarini tasdiqlash, darslarni oʻtish jarayonini nazorat qilib borish vazifalarini oʻz ichiga oladi. Dispetcherlik xizmati i. ch. samaradorligini taʼminlovchi tizim boʻlganligi bois, rivojlangan mamlakatlarda bu tizimni uzluksiz takomillashtirib borish va eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlashga katta ahamiyat beriladi. D. mehnat unumdorligini 12—25% oshirishga imkon beradi. Uni tashkil etishga ketgan harajatlar 1 —2 yilda toʻla qoplanadi.

Hoz. Oʻzbekistonda xalq xoʻjaligining yirik korxonalari (mas, "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati, Asaka avtomobil zdi, Buxoro neftni qayta ishlash zdi va b.)da eng samarali ishlaydigan, zamonaviy texnik uskunalarga asoslangan dispetcherlik tizimi tashkil etilgan.

Sadir Salimov.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil