Disproporsiyalanish reaksiyasi — bir modda molekulalari yoki erkin radikallari oʻrtasida atomlar yoki atom guruhlarining qayta taqsimlanishi. Buning natijasida modda ikki yoki undan koʻproq boshqa moddaga ayla-nadi, bulardan baʼzilarida atomlar yoki ularning guruhlari boshlangich moddadagiga nisbatan kamroq, baʼzilarida esa koʻproq boʻladi. D. r.ning aksariyati oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridan iborat boʻlib, bunda kislorod yoki vodorod atomlari qayta taqsimlanadi. D. r. kimyoda keng qoʻllanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil