Marlen Ditrix (Diterich) (asl ismi va familiya: Mariya Magdalena fon Losh) (1901-yil 27-dekabr, Berlin — 1992-yil) — nemis va amerika aktrisasi. Kinoda 1922-yildan, 1930-yildan Hollywoodda ishlagan. „Moviy farishta“, „Marokko“, „Ayblovchining guvohi“, „Nyurenburg protsessi“, „Goʻzal jigalo — baxtsiz jigalo“, „Shanxay ekspressi“, „Qizil imperator ayol“ kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Estradada ham taniqli xonanda sifatida koʻpgina mamlakatlarda konsert bergan. Fashizmga qarshi ayovsiz kurashgan.

Marlene Dietrich (1951)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil