Divergensiya (lot. divergere — farqlilik) — 1) biologiyada — evolyusiya davomida organizm belgilarining farqlanib borishi. "D" tushunchasini Ch. Darvin tabiatda biologik turlardan tortib madaniy oʻsimliklarning navlari va uy hayvonlari zotlarining paydo boʻlishini izohlash uchun taklif etgan. D. mohiyati shundan iboratki, sunʼiy tanlash yoki tabiiy tanlanish taʼsirida bir turdan paydo boʻlgan shakllar oʻz belgilari bilan bir-biridan hamda oʻzining umumiy ajdodlaridan tobora farqlanib boradi. Agar tur keng arealni egallab, turli eko-logik sharoitlarga moslashadigan boʻlsa, dastlab oʻxshash boʻlgan populyasiyalar oʻrtasida biron-bir farqlar paydo boʻlishida koʻrinadigan va tur arealining turli qismlarida tabiiy tanlanishning har xil yoʻnalishlari bilan mukarrar shartlangan D. yuzaga keladi. Odam turli yoʻnalishlarda sunʼiy tanlash yoʻli bilan oʻz ehtiyojini qondirish uchun har xil madaniy oʻsimlik navlari va uy hayvonlari zotlarini yaratadi. Tabiiy tanlanish ham sunʼiy tanlash kabi dastlabki bir tur doirasida xilma-xil shakllar paydo boʻlishiga va tuzilishi, funksiyasi hamda hayot kechirishi (oziq tanlash va topish yoʻllari)dagi tafovutlarning koʻpayishiga olib keladi. D. oraliq shakllar va dastlabki turning qirilib ketishi bilan birga boradi; 2) matematikada — vektor maydonning tarqalishi (qarang Maydon nazariyasi). Agar vektor maydonga oqib turgan suyuklikning tezlik maydoni sifatida qaralsa, D. maydon manbalarining R nuqtadagi zichligini ifodalaydi. D.ning geometrik maʼnosi kuyidagi-cha: D. — berilgan nuqtani oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi vektor maydon oqimining shu sirtni tortib turuvchi xajmga nisbati: 3) tilshunoslik-d a — nutq tovushining tarixiy taraq-qiyotiga koʻra, birdan ortiq tovushga differensiatsiya qilishidir. Masalan, orqa qator a tovushi taraqqiy etib, chuqur til orqa q, gʻ, x undoshlari va lablab sirgʻaluvchi v undoshidan avval yondosh qoʻllangan oʻrinlarda o tovushiga aylangan. Qishlaq> qishloq; oʻtaq > oʻtoq; shox, togʻ, yov kabi. Mazkur undoshlardan keyingi oʻrinda esa orqa qator a tovushi holatini sakdagan: qazi, hari, gʻani va hokazo. Aksi konvergensiya.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil