Butadiyen kauchuklar, divinil kauchuklar — butadiyenni polimerlab olinadigan sintetik kauchuklar. Ularga butadiyennatriy, butadiyennitril, butadiyenstirol, polibutadiyen va boshqa kauchuklar kiradi. Butadiyen kauchuklar ni olishda katalizatorlar sifatida ishqoriy metallar (asosan natriy) qoʻllaniladi. Butadiyennatriy kauchuk jahonda ilk bor olingan sintetik kauchukdir. Uni Rossiyada 1932-yilda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Butadiyen kauchuklar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Polibutadiyen kauchuk avtomobil shinalari, poyabzal tagliklari, kabel qoplamalari va turli xil rezina buyumlari tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil