Division 1 Féminine
Division 1 Féminine (D1F nomi bilan qisqartirilgan va homiylik sabab D1 Arkema nomi bilan ham tanilgan), 1-Féminine divizioni Fransiyadagi ayollar futbolining eng yuqori divizioni hisoblanadi. Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladigan Division 1 Féminineda oʻn ikkita toʻliq professional klub ishtirok etadi.
Davlat | Fransiya |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan | 1974-yil |
Jamoalar soni | 12 ta |
Pastki liga | Division 2 Féminine |
Ichki kuboklar |
Coupe de France Féminine Trophée des Championnes |
Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
Amaldagi chempion | Lyon |
Eng koʻp marta chempion | Lyon (15 marta)}} |
TV hamkorlar |
Canal+ ( Fransiya) ATA Football (global) telekanallari |
Veb-sayt | Website |
Joriy mavsum: 2022-2023 mavsum Division 1 Féminine |
1974-yilda tashkil etilgan Division 1 Féminine hozirgi formatda 1992-yildan beri mavjud. Mavsumlar sentyabrdan iyungacha davom etadi, jamoalar mavsumda har biri 22 tadan jami 132 ta oʻyin oʻtkazadi. Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari oʻtkaziladi. Oʻyin muntazam ravishda dekabr oyining ikkinchi haftasidan keyin toʻxtatiladi va yanvar oyining uchinchi haftasida qayta boshlanadi. Division 1 Féminine UEFA 2019-2020 ayollar assotsiatsiyasi klublari koeffitsientlariga koʻra Yevropadagi eng yaxshi ayollar ligasi deb topilgan[1].
„Lyon“ — Division 1 Féminineda eng koʻp gʻolib chiqqan klub hisoblanadi(14). Klub ketma-ket chempion boʻlish boʻyicha ham mamlakatda boʻyicha rekordga ega (oʻn toʻrtta). Paris Saint-Germain 2020-2021-yilgi mavsumda birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan va musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Tarixi
tahrirDivision 1 Féminine dastlab 1918-yilda tashkil etilgan va ayollar futboli fidoiysi Elis Milliat boshchiligidagi Fransiyadagi ayollar futbol tashkiloti Fédération des Sociétés Féminines Sportives de France (FSFSF) tomonidan boshqarilgan. Division 1 Féminine ayollar futboli taqiqlanganligi sababli toʻxtatilgunga qadar oʻn ikki mavsum davom etdi. 1975-yilda ayollar futboli rasman qayta tiklandi va Division 1 Féminine Ayollar ligasi Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan moliyalashtirildi. Professionalizm siyosati 2009-2010-yilgi mavsumdan joriy qilingan va Fransiyadagi ayol futbolchilar oʻsha mavsumdan oʻz klublari bilan professional shartnomalar imzolay boshlagan[2][3].
2022-yil iyul oyida FIFA 23 oʻyinida Division 1 Féminine jamoasi ham ishtirok etishi eʼlon qilindi[4].
Musobaqa formati
tahrirDivision 1 Féminineda hozirda 12 ta klub ishtirok etadi. Mavsum davomida, odatda, sentabrdan iyungacha, har bir klub qolganlarini ikki marta, bir marta oʻz stadionida va bir marta raqib stadionida jami 22 oʻyinda oʻtkazadi.
2001-2004-yillar oraligʻida Division 1 Féminineda pley-off tizimi qabul qilingan. Division 1 Féminine jadvalidagi eng yaxshi toʻrtta klub mavsum yakunlanganidan soʻng pley-off jadvaliga kiritiladi va ushbu guruh orasida oʻzaro-pley-off oʻyinlari oʻtkaziladi. Goʻlib mavsum chempioni boʻladi.
UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi oʻrni
tahrir2019-2020-yilgi mavsumga qadar Division 1 Féminineda faqat eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining 32-bosqichiga yo‘llanma olardi.
UEFA ayollar koeffitsienti boʻyicha aniqlangan hisoblarga koʻra, 2020-2021-yilgi mavsumdan boshlab Division 1 Féminine gʻolibi toʻgʻridan-toʻgʻri UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi, ikkinchi oʻrinni olgan jamoa esa ikkinchi bosqichga, uchinchi jamoa oʻrinni olgan jamoa esa shunchaki musobaqaga yoʻllanma oladi.
Klublar
tahrir2020-2021-yilgi mavsum jamoalari
tahrirQuyidagi 12 ta klub 2019-2020-yilgi mavsumda Division 1 Féminineda qatnashgan.
Jamoalar | 2019-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni | Tashkil topgan yili | Chempinlik
soni |
Oxirgi marta chempio boʻlgan mavsum |
---|---|---|---|---|
Bordeaux | 3 | 1981 | 0 | - |
Dijon | 9 | 2010 | 0 | - |
FC Fleury 91 | 7 | 2017 | 0 | - |
EA Guingamp | 6 | 1973 | 1 | 1988-1989 |
Issy | D2 Feminineda A 1 | 1997 | 0 | - |
Le Havre | D2 Feminineda B 1 | 2014 | 0 | - |
Lyon | 1 | 1970 | 14 | 2019-2020 |
Montpellier | 4 | 1990 | 2 | 2004-2005 |
Paris FC | 5 | 1971 | 6 | 2005-2006 |
Paris Saint-Germain | 2 | 1971 | 1 | 2020-2021 |
Reims | 8 | 1970 | 5 | 1981-1982 |
Soyaux | 10 | 1968 | 1 | 1983-1984 |
Chempion jamoalar roʻyxati
tahrirFransiya ayollar futboli chempion jamoalari roʻyxati maqoalasiga qarang.
Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati
tahrirMavsum | Gollar soni | Eng yaxshi toʻpurar (jamoasi) |
---|---|---|
2001–02 |
22 |
Marinette Pichon (Saint-Memmie Olympique) |
2002–03 |
26 |
Sandrine Brétigny (Lyon) |
2003–04 |
18 |
Claire Morel (Lyon) |
2004–05 |
38 |
Marinette Pichon (Juvisy) |
2005–06 |
36 |
Marinette Pichon (Juvisy) |
2006–07 |
42 |
Sandrine Brétigny (Lyon) |
2007–08 |
27 |
Laëtitia Tonazzi (Juvisy) |
27 |
Kátia (Lyon) | |
19 |
Eugénie Le Sommer (Saint-Brieuc) | |
20 |
Laëtitia Tonazzi (Juvisy) | |
22 |
Eugénie Le Sommer (Lyon) | |
24 |
Lotta Schelin (Lyon) | |
25 |
Gaëtane Thiney (Juvisy) | |
34 |
Lotta Schelin (Lyon) | |
33 |
Ada Hegerberg (Lyon) | |
20 |
Ada Hegerberg (Lyon) Eugénie Le Sommer (Lyon) | |
31 |
Ada Hegerberg (Lyon) | |
22 |
Marie-Antoinette Katoto (PSG) | |
16 |
Marie-Antoinette Katoto (PSG) | |
22 |
Khadija Shaw (Bordeaux) | |
2021–2022 |
18 |
Marie-Antoinette Katoto (PSG) |
Yana qarang
tahrirManabalar
tahrir- ↑ „Women's association club coefficients“. UEFA. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Statut pro pour ces dames“. L'Équipe (2009-yil 6-mart). 2009-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyun.
- ↑ „Foot féminin, la lueur d'un statut professionnel“. FootAmat (2009-yil 14-mart). 2009-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyun.
- ↑ Stuart. „Fifa 23 to add women’s club football for first time“. The Guardian (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.