Eugénie Anne Claudine Le Sommer (1989-yil 18-mayda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Fransiyaning Lyon klubi hamda Fransiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[3]. U asosan kreativ hujumkor yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, lekin oʻz mamlakati uchun koʻpincha ikkinchi hujumchi sifatida oʻynadi.

Eugénie Le Sommer
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eugénie Anne Claudine Le Sommer[1]
Tavallud sanasi 18-may 1989-yil (1989-05-18) (35 yosh)
Tavallud joyi Grasse, Fransiya
Boʻyi 1.61 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lyon
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1998 Trélissac
1998—2004 AS Guermeur
2004—2007 Lorient
2007 CNFE Clairefontaine
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2010 Stade Briochin 71 (38)
2010– Lyon 206 (176)
2021OL Reign (Ijara) 18 (8)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Fransiya U17 4 (0)
2006—2008 Fransiya U19 26 (11)
2008—2009 Fransiya U20 8 (5)
2009– Fransiya 175 (86)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-avgust 2021-yil (utc) uchun)

Le Sommer zamonaviy ayollar futbolida eng koʻp mukofotlangan oʻyinchilardan biri boʻlib, Fransiya terma jamoasi uchun har qanday jinsdagi oʻyinchilardan koʻra koʻproq gol urgan[4]. U Fransiyaning ichki chempionatlarida 10 marta gʻalaba qozongan va Lyon bilan yettita yevrokubokda rekord natijani qoʻlga kiritgan uchta oʻyinchidan biridir.

Yoshligi

tahrir

Le Sommer yetti farzandning biri, besh qiz va ikki oʻgʻil. Uning otasi Thierry nafaqaga chiqishidan oldin politsiyachi boʻlgan[5]. Uning onasi yoshligida futbol oʻynagan.

Karyerasi

tahrir

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Le Sommer futbol oʻynashni besh yoshida Trelissac FCning ayollar jamoasida boshlagan[6]. Klubdagi toʻrt yillik faoliyatidan soʻng u Brittani viloyatidagi AS Guermeur jamoasiga qoʻshildi. Keyinchalik u mintaqadagi eng yirik klublardan biri Lorientda oʻynadi va klubning yoshlar boʻlimida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi va uning yoshlar jamoasiga 2005-yilda 16 kubok turnirida va 2006-yilda Mozaïc Foot Challengeda gʻalaba qozonishda yordam berdi.

Keyinchalik Le Sommer CNFE Clairefontaine, Clairefontaine akademiyasining ayollar jaoasida qatnashish uchun tanlab olingan. U yerda qisqa vaqt oʻynagach, u D1 Feminine klubi Stade Briochinga qoʻshildi. Sent-Brieuk safidagi debyut mavsumida Le Sommer liganing barcha 22 uchrashuvida maydonga tushib, toʻrtta gol urdi. 2008-09-yilgi mavsumda u 22 oʻyinda 10 ta gol urgan. U Lyon futbolchisi Luiza Necibga toʻpurarlikda yutqazib, UNFPning Yilning eng yaxshi ayol oʻyinchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi.

Le Sommer 2009-10-yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi, va ligadagi dastlabki yettita oʻyinda oʻnta gol urdi, buning natijasida uTuluzaga qarshi 4:5 hisobidagi magʻlubiyatli oʻyinda xet-trik qayd etidi. U mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi va keyingi mavsumda UNFP tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi.

2010-yil 30-iyun kuni Le Sommer uch mavsumdan soʻng sobiq jamoasi Stade Briochinni tark etib, toʻrt karra amaldagi chempion Lyonga qoʻshilishini e’lon qildi[7].

2020-yil 30-avgust kuni Le Sommer 2019-20-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida Lyonning Volfsburg ustidan 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvida birinchi golni urdi[8]. Bu Le Sommer va Lionning musobaqadagi yettinchi va ketma-ket beshinchi umumiy gʻalabasi boʻldi[9].

2021-yilning 12-mayida Le Sommer 2021-yilgi mavsum uchun AQSHning OL Reign klubiga ijara asosida oʻtishi ma’lum boʻldi[10].

Xalqaro karyera

tahrir

Le Sommer 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar jamoalari bilan oʻynagan. 19 yoshgacha boʻlgan jamoa bilan u La Manga kubogining 2007 va 2008-mavsumida, shuningdek, 2007-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida va 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etgan. Fransiya 2007-yil yarim finalga qadar yetib borgan va 2008-yilda guruh bosqichida magʻlub boʻlgan. Keyinchalik Le Sommer 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2008-yilda Chilida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Le Sommer guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Argentinaga qarshi oʻyinda toʻrtta gol urdi va Fransiyani Nigeriyaga qarshi pley-off bosqichiga olib chiqdi. Fransiya 1:2 hisobida ortda borayotganda Nigeriyaga qarshi bahsda Le Sommer 49-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Fransiya Nora Koton-Pélagining oxirgi goli evaziga 3:2 hisobida gʻalaba qozondi, ammo keyingi bosqichda Shimoliy Koreya tomonidan turnirdan yuborildi. Le Sommer turnirning uchinchi eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Bronza toʻp bilan taqdirlandi.

2009-yil 12-fevralda Le Sommer terma jamoadagi debyutini Irlandiya Respublikasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan, u zaxiradan maydonga tushgan[11]. Kiprdagi turnirda toʻrtta oʻyin davomida ikkita gol urgan, milliy terma jamoa bilan doimiy ravishda maydonga tushgandan soʻng, Le Sommer murabbiy Bruno Bini tomonidan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009da oʻynash uchun tanlangan, garchi futbolchi oʻyin davomida jamoa bilan maydonga tushmagan boʻlsa ham. Fransiya chorak finalga qadar Niderlandiyaga penaltilar seriyasida 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va Le Sommer penaltidan zarbasini golga aylantirdi. 2009-yil 23-sentabrda Le Sommer 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bahsida Serbiyaga qarshi oʻzining uchinchi xalqaro golini urdi.

U 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Fransiya terma jamoasida oʻynagan va yarim finalda Yaponiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda bitta gol urgan[12].

Le Sommer 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi hujumchisi boʻlgan. U 2015-yilning 9-iyunida Angliyaga qarshi oʻyinda Fransiyaning 1:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Shuningdek, u chorak finalda Janubiy Koreya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Fransiyaning 2 ta goliga mualliflik qildi[13].

U Fransiyaning 2016-yilgi Olimpiada musobaqalarida oʻynadi va guruh bosqichida ikkita gol urdi, bittasi Kolumbiyaga va bittasi Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda[14].

2020-yil 22-sentabrda Le Sommer Yevro-2021 saralashida Shimoliy Makedoniya ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urib, 82ta gol bilan barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va Marinette Pichonning 81 gollik rekordini yangiladi[15].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Le Sommer 2020-yil 11-avgustda, Fransiya kubogi 2019-20- finalida gʻalaba qozonganidan ikki kun oʻtib, Brittanyda Lyon xodimi Florian Darielga turmushga chiqdi[16]. Marosimda Ada Xegerberg va Korin Franko kabi hozirgi va sobiq jamoadoshlari ishtirok etishdi.

Karyera statistikasi

tahrir
 


 


 
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Stade Briochin 2007–08 Division 1 Féminine 22 4 1 0 0 0 23 4
2008–09 21 10 3 2 0 0 24 12
2009–10 22 19 2 3 0 0 24 22
Jami 65 33 6 5 0 0 71 38
Lyon 2010–11 Division 1 Féminine 20 17 4 6 9 5 33 28
2011–12 21 22 5 6 9 9 35 37
2012–13 20 20 6 10 9 1 35 31
2013–14 20 15 5 1 4 1 26 17
2014–15 22 29 5 4 4 5 31 38
2015–16 18 10 5 9 9 5 32 24
2016–17 19 20 4 3 9 6 32 29
2017–18 20 17 6 12 8 4 34 33
2018–19 18 13 5 2 8 6 31 21
2019–20 11 5 3 2 6 5 20 12
2020–21 18 7 1 0 3 0 22 7
Jami 206 175 50 54 78 47 334 276
Karyerada jami 271 208 56 59 78 47 405 314

Xalqaro

tahrir
 
Le Sommer 2013-yilda Fransiya terma jamoasida osafida.
Terma jamoa oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Fransiya 2008–09 16 3
2009–10 11 5
2010–11 20 7
2011–12 20 10
2012–13 16 10
2013–14 14 4
2014–15 19 13
2015–16 14 6
2016–17 17 6
2017–18 9 9
2018–19 11 7
2019–20 7 6
2020–21 1 0
Jami 175 86

Yutuqlar

tahrir
 


 

  Lyon

  • 1-divizion Ayollar : 2010–11, 2011–12, 2012–13, 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–2019
  • Coupe de France Ayollar : 2011–12, 2012–13, 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2018–19, 2019–20
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2010–11, 2011–12, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20, 2021–22
  • Klublar oʻrtasidagi xalqaro chempionat : 2012-yil
  • Valais ayollar kubogi : 2014-yil

  Fransiya

  • Kipr kubogi : 2012, 2014
  • SheBelieves kubogi : 2017-yil

Shaxsiy yutuqlar

  • FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza toʻpi: 2008-yil
  • UNFP yilning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2009–10, 2014–15
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2015-yil
  • Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi UEFAning 10 taligi: 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18
  • Algarve kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2015-yil
  • Fransiya milliy chempionatining eng yaxshi hujumchisi: 2009–10, 2011–12, 2016–17
  • UEFA ayollar chempionlar ligasining eng yaxshi hujumchisi: 2011–12
  • UEFA ayollar chempionatining yulduzlar jamoasi : 2013-yil
  • FIFPro : FIFA FIFPro World XI 2015[17] 2016[18]

Manbalar

tahrir
  1. „Goalscorers“. UEFA.com (16-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  2. „FIFA Women's World Cup Canada 2015™ List of Players“. Fifa Data (6-iyul 2015-yil). 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  3. Rantz. „One of the world's best attackers is joining OL Reign“. Sounderatheart.com (12-may 2021-yil). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  4. „Bleues : Eugénie Le Sommer dépasse le record de buts en équipe de France de Marinette Pichon“ (fransuzcha). lequipe.fr (22-sentabr 2020-yil).
  5. FIFA.com. „Family support spurs on Le Sommer“ (inglizcha). FIFA.com (1-yanvar 1900-yil). 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2018-yil.
  6. „Le Sommer ready to make history“. 23-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  7. „Statut pro pour ces dames“ (fransuzcha). Olympique Lyonnais Féminin (30-iyun 2010-yil). Qaraldi: 30-iyun 2010-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. „Wolfsburg 1-3 Lyon: Women's Champions League final report“. UEFA (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  9. „Lyon win fifth Women's Champions League in a row with win over Wolfsburg“. DW (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  10. „Le Sommer Joins OL Reign on Loan from Olympique Lyonnais“. OL REIGN: WE ARE THE BOLD. 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  11. FIFA.com. „FIFA Women's World Cup Canada 2015™ - Eugenie-LE-SOMMER - Matches Played - FIFA.com“ (inglizcha). FIFA.com. 15-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2018-yil.
  12. „Eugénie Le Sommer Bio, Stats, and Results“ (inglizcha). Olympics at Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2018-yil.
  13. FIFA.com. „Family support spurs on Le Sommer“ (inglizcha). FIFA.com (1-yanvar 1900-yil). 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2018-yil.FIFA.com (1 January 1900).
  14. „Eugénie Le Sommer Bio, Stats, and Results“ (inglizcha). Olympics at Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2018-yil."Eugénie Le Sommer Bio, Stats, and Results".
  15. „Bleues : Eugénie Le Sommer dépasse le record de buts en équipe de France de Marinette Pichon“ (fransuzcha). lequipe.fr (22-sentabr 2020-yil)."Bleues : Eugénie Le Sommer dépasse le record de buts en équipe de France de Marinette Pichon". lequipe.fr (in French). 22 September 2020.
  16. „Eugénie Le Sommer : la star des Bleues s'est mariée et partage un sublime cliché de la noce - Closer“ (fransuzcha). Closer Magazine (12-avgust 2020-yil). Qaraldi: 16-avgust 2020-yil.
  17. „First Women's World XI Revealed“. 2015 FIFPro Award. FIFPro World Players' Union (18-fevral 2016-yil). 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  18. „Las mejores futbolistas: el once mundial“ (ispancha). 2016 FIFPro Award. FIFPro World Players' Union (8-mart 2017-yil). 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.