Diyor Mahkamov (1987-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi, aktyor va produser[1][2].

Diyor Mahkamov
Tavalludi 3-noyabr 1987-yil (1987-11-03) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1998—hozirgacha
Mukofotlari

Qoʻshiqchilikdan tashqari, Diyor kinolarda ham oʻzini sinab koʻrgan. Oʻzining ilk debyut rolini 1999-yili „Muhabbat sinovlari“dan boshlagan.

Tarjimai hol

tahrir

Diyor Mahkamov 1987-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tavallud topdi. Diyorbek bolaligidan musiqaga qiziqqani uchun poytaxtdagi 23-maktabni tugatdi. Diyorbek 6-sinfda oʻqib yurgan kezlarida ustozi Shuhrat Qayumov bilan birga ilk marotaba sahnaga chiqadi. 2005-yildan 2009-yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim oldi. 2006-yilda Diyor Nigora Mahkamova bilan oila qurdi. Bugungi kunda u uch farzandning otasi hisoblanadi.[3]

  • Otasi: Doniyor Mahkamov
  • Onasi: Mahfuza Mahkamova
  • Ukasi: Elyor Mahkamov
  • Umr yoʻldoshi: Nigora Mahkamova

Farzandlari

tahrir
  • Shokira Daniyorova
  • Yahyo Doniyorov
  • Fotih Doniyorov[4][5][6]

Ijodiy faoliyati

tahrir

Diyor Mahkamov qoʻshiqchilik faoliyatini 1998-yildan boshlagan.[7] Diyor ilk qoʻshiqlarini 1998-yilda chiqargan. Uning yetimlar haqidagi qoʻshigʻi koʻpgina bahs-muzokaralarga sabab boʻlgan. 2001-yilda xonanda oʻzini „Kutaman“ deb nom olgan debyut albomini chiqarib, oʻsha yili Turkiston sanʼat saroyida xonanda oʻzining yakkaxon konsertini namoyish etdi.[8]

2003-yili D.Mahkamov „Bolaligim xayr endi“ albomini yozdi. Xuddi shu yili xonanda ikkinchi yakkaxon konsertini Turkiston sanʼat saroyining qishki zalida tomoshabinlarga havola etdi. Shundan keyin xonandaning ijodida tanaffus yuz berdi. Taʼlim olish bilan birga hayotida katta burilish boʻlib, boʻydoqlik safini tark etdi.[9]

Shu davr ichida u bir necha filmlarda suratga tushdi[10]. Aktyorlik faoliyati Diyor Mahkamov bir qancha oʻzbek kinolarida suratga tushdi. „Muhabbat sinovlari 1“ va „Muhabbat sinovlari 2“ filmlarida bosh rollardan birini oʻynashiga qaramasdan, debyut roli uchun ijobiy fikrlarni olgan.[11] Soʻng xonanda boshqa bir qancha filmlarda „Yigitlar“ (2008), „Baxt ortidan“ (2014), „Kunlardan bir kun“ (2016), „Majnun“ va „Virus“ (2017) ham oʻzini sinab koʻrgan.[12]

Produserlik ishi

tahrir
  • 2016-yil — Kunlardan bir kun
  • 2017-yil — Majnun
  • 2017-yil — Virus

Mukofotlari

tahrir
  • „Mustaqillik umidlari — 2005“ tanlovi gʻolibi
  • „Nihol“ mukofoti- 2006-yili
  • „Barkamol avlod-2008“ gʻolibi
  • „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“— 2009 „Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi“ ordeni[13]

Manbalar

tahrir