Diyor Akmal oʻgʻli Xolmatov (2002-yil 22-iyul, Fargʻona) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi[1].

Diyor Xolmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Diyor Akmal oʻgʻli Xolmatov
Tavallud sanasi 22-iyul 2002-yil (2002-07-22) (21 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona
Boʻyi 1,74 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Paxtakor
Raqami 28
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020— Oʻzbekiston Paxtakor 51 (4)
Milliy terma jamoa
2022— Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

Ilk yillari tahrir

Diyor Xolmatov 2002-yil 22-iyulda tugʻilgan. Diyor taniqli futbolchi Akmal Xolmatovning farzandi. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Diyor Xolmatov Paxtakor U18 tarkibida harakat qilgan. Paxtakor U18 safida 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Umumiy hisobda 19 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov transfermarktdagi narxi 400ming yevroni tashkil etadi[2].

Futbolchilik faoliyati tahrir

Paxtakor safida tahrir

Diyor Xolmatov 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov 2021-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 19 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol kiritdi va Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Umumiy hisobda 1306 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 21-dekabrda Paxtakor klubi Diyor Xolmatov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi[3]. Oʻzbekistonning 2021-yildagi futbol boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra Diyor Xolmatov 71 ball bilan eng yaxshi yosh futbolchilar ichida 3-oʻrinni oldi[4]. Transfermarkt portali va Championat.asia sayti hamkorlikda 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlashdi. Unga koʻra Diyor Xolmatov Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi deb topildi[5]. Diyor Xolmatov 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 10 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 4 ta oʻyin oʻtqazadi. Umumiy hisobda 407 daqiqa maydonda harakat qildi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Diyor Xolmatov Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalarida uynagan. Jumladan: Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U21 va Oʻzbekiston U23. Oʻzbekiston U21 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 28-may kuni Ukraina U21 jamoasiga qarshi oʻtqazgan. Oʻzbekiston U23 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 27-oktabr kuni Saudiya Arabistoni U23 jamoasiga qarshi oʻtqazgan. Diyor Xolmatov 2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi[6].

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub safidagi statistikasi tahrir

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Liga Milliy Kubok AFC Boshqa Umumiy
Dvizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gollar Isht Gol
Paxtakor 2021-yil Superliga 19 1 19 1 6 0 44 2
2022-yil Superliga 10 0 1 0 4 0 15 1
Jami 19 1 20 1 10 0 59 3

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi tahrir

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2023 1 0
2024 2
Jami 3 0

Yutuqlari tahrir

Paxtakor[7]: Oʻzbekiston Superkubogi 2021, 2022

Paxtakor[8]: Oʻzbekiston Superligasi 2020, 2021, 2022, 2023

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir