Dizak — Jizzax sh.ning oʻrta asr tarixiy manbalarida yuritilgan nomi. "Kichik qalʼa" mazmunini beradi. 10-asrda D. Faknon rustoqining tekislikda joylashgan shahri boʻlib, kattaligi jihatdan Ustrushonaning 3-shahri boʻlgan (Panjikent va Zomindan keyin). D. islom gʻoziylari toʻplanadigan yer sifatida mashhur boʻlib, ular uchun bu yerda koʻplab mehmonxona va rabotlar qurilgan. D.dan bir farsax (6—7 km) uzoqlikda Afshin tomonidan qurilgan Xudoysar raboti manbalarda qayd etib oʻtilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil