Dizayn (inglizcha: design — „loyiha“, „chizma“, „rasm“) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 1930-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 1980-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va boshqa)ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bulishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayn boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil