Dizel elektr stansiyasi

Elektr ishlab chiqarish

Dizel elektr stansiyasi (DES) — dizel dvigateli bilan harakatlanuvchi, bir yoki bir necha elektr toki generatori bilan jihozlangan energetik qurilma. Muqim (statsionar) va Kuchma xillari boʻladi. Muqim DES ga PO, 120, 330, 440, 735 kVt va undan ortiq quvvatli toʻrt taktli (baʼzan, ikki taktli) dizel oʻrnatiladi. Oʻrtacha quvvatli muqim DES quvvati 750 kVt dan oshmaydi, katta DES esa 220 kVt gacha va undan ortiq quvvatli qilib quriladi. Kuchma DES qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, geologikqidiruv ekspeditsiyalari va b.da kuch va yoritish tarmoqlarini elektr bilan taʼminlaydigan rezerv manba sifatida, transport (dizel-elektrovoz, dizelelektroxod va b.) da asosiy energetik qurilma sifatida qoʻllanadi. Quvvati 10 kVt gacha bulgan DES bir ukli avtomobil tirkamasiga urnatib ishlatiladi. DES ning afzalligi: tejamli, turgʻun ishlaydi, yengil, tez ishga tushiriladi. DES elektr uzatish liniyalaridan uzoqdagi joylarni, shuningdek, bugʻ-kuch va suv-kuch qurilmalari qurib bulmaydigan hududlarni elektr toki bilan taʼminlashga muljallangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil