Dmitriy Li
Dmitriy Romanovich Li (Дмитрий Романович Ли) — oʻzbekistonlik texnolog va davlat arbobi.
Dmitriy Li | |
---|---|
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori | |
Mansab davri 2019-yil 10-yanvardan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-avgust 1982-yil Toshkent |
Biografiyasi
tahrirDmitriy Li Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida, mashinasozlik va metallurgiya sohalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan[1].
2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori boʻlgan[2].
2022-yil 29-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi[3].
2024-yil 26-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd qilingan. Suiqasd ishi doirasida Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi ikki nafar chechenistonlik — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovni xalqaro qidiruvga bergan. Ular Allamjonovdan tashqari Dmitriy Liga suiqasd urinishiga aloqadorlikda gumonlangan[4].