Bosh menuni ochish

Dnepr (1926-yilgacha Yekaterinoslav) — Ukraina davlatida joylashgan shahar, Dnepropetrovsk viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 1134 ming kishi (1997). Qora metallurgiya (2 ta metallurgiya zavodi, 2 ta quvur prokati zavodi va b.), mashinasozlik zdi, ogʻir press ishlab chiqarish birlashmalari, kon-shaxta, metallurgiya jihozlari, stanoksozlik, elektrovozeozlik, kombayn zavodlari, radiozavod va b., kimyo (plastmassa, shina ishlab chiqarish), koks kimyosi, kurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ukraina Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, 9 oliy oʻquv yurti (jumladan 2 universitet), 5 teatr (opera va balet teatri va b.), 3 muzey (shu jumladan badiiy va tarixiy muzeylar) mavjud. D.ga 1776 yil asos solingan. Potyomkin saroyi (hoz. Talaba saroyi, 18-asr oxiri), Preobrajenskiy kafedrali sobor (19-asr) saqlangan.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil