Do'stjon Matjon
Hayoti
Do‘stjon Matjon - (1924-1990) o‘zbek adabiyotida bolalar shoiri. Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ildi. Xorazm davlat pedagogika institutini bitirgach, mehnat faoiliyatini Gurlan tumanidagi "Madaniyat" maktabida ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlashdan boshladi. U ikkinchi jahon urushi qatnashchisidir.
Ijodi
Ilk she‘ri 1939-yil "O‘zbekiston" nomi bilan yaraldi. 1959-yilda bulg‘or xalq ertaklari asosida uning "Gavhartosh" asari chop etildi.
Kitoblari
"Velko botir",
"O‘g‘illaringiz qo‘shig‘i",
"Kichkintoylar gapiradi",
"Tanti ayiq, ayyor tulki va asal",
"Mening orzuyim",
"Do‘stlik",
"Mening shahrim - Xiva".