Doʻst Alam madrasasi
Doʻst Alam madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorligi ichida joylashgan ushbu tarixiy obyekt 1882-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda „Ichan qalʼa“ MFY, Zargarlar koʻchasi, 26-uyda joylashgan.
Madrasa | |
Doʻst Alam madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xorazm viloyati |
Shahar | Xiva |
Manzil | Ichan qalʼa MFY, Zargarlar koʻchasi, 26-uy |
Mulkdor | Davlat mulki. „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Meʼmor | Qalandar Koʻchim |
Binokorlik tashabbuschisi | Doʻst Alam |
Homiylar | Doʻst Alam |
Asosiy sana: | |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Doʻst Alam madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrirMadrasa Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida xizmat qilgan Doʻst Alamning shaxsiy mablagʻi hisobiga qurib bitkazilgan. Odatda madrasada qozilar tahsil olishgan. Madrasa shahar oʻrtasidagi Arab Muhammadxon madrasasi yonida joylashgan boʻlib, XX asr oxirlarida bunyod etilgan. Bosh peshtogʻi gʻarbga tomon qaratilgan bu madrasaning burchaklarida minoralari boʻlgan toʻrtburchak shaklni olgan[3].
Ushbu bir qavatli, kichkina binoga tepadan qaralganda toʻgʻri toʻrtburchak shaklda koʻrinadi. Qurilishni Xudoybergan hoji nazorat qilib borgan bu madrasaga Qalandar Koʻchim ustalik qilgan. Hozirda madrasada yogʻoch oʻymakorligi doʻkoni faoliyat koʻrsatmoqda[4]. Yusuf Bayoniy bu madrasa haqida „Doʻst Aʼlam bir madrasa bino qildi“, deb eslab oʻtgan[5].
Ijaraga berilishi borasidagi xabarlar
tahrir2018-yili Xorazm viloyati madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi balansida boʻlgan 11 ta obyekt ijaraga berilishi mumkinligi aytilgan edi. Bular qatorida Doʻst Alam madrasasi ham boʻlib, ularga kamida 170 million soʻm miqdoridagi sarmoya kiritilishi talab etilishi taxmin qilingan. Ayni paytda madrasaning taʼmirtalab ahvolda ekanligi ham xabar qilingan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Do‘st a’lam madrasasi“ (uz). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Dost Alam Madrassah (1882)“ (en). Xiva. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Bayoniy (1859-1923)“ (en). Teletype (2020-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ uz, Kun „Xiva shahridagi «Dishan qal'a» madaniy meros obektlari ijaraga berilmoqda“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.