Doʻst muhammad ibn Sulaymon (7—1550) — xattot va musavvir. Safaviylardan Bahrom Mirzo va shoh Tahmosb saroyida xizmat qilgan. Baxrom Mirzo kutubxonasida tuzilgan muraqqaga soʻz boshi sifatida xattotlik va musavvirlikka oid risola bitgan (1544—45, Istanbuldagi Toʻpqopu muzeyida). Tadqiqotchilar risolani "Holati xunarvaron" ("Sanʼatkorlar ahvoli") deb nomlagan. Unda xat-yozuvning kelib chiqishi, markaziy osiyolik, taʼliq va nastaʼliq yozuvlari ustalari, musavvirlik sanʼati va musavvirlar (jumladan Abdulxay Jahongir Buxoriy va b.) haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan. D. M. koʻchirgan qoʻlyozma va xat namunalari Sankt-Peterburgdagi ommaviy kutubxonada saqlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil