Doʻstmirat Abdullayev
Doʻstmirat Abdullayev (1950-yil, 6-avgust; Samarqand viloyati, Paxtachi tumani) – Oʻzbekiston qahramoni[1], agronom.
Doʻstmirat Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
6-avgust 1950-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti |
Kasbi | Agronom |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtogʻi | Jongul Abdullayeva |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirDoʻstmirat Abdullayev 1950-yilning 6-avgust kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tugʻilgan[2]. 1968-yilda Samarqand viloyatidagi qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumiga qabul qilingan. 1971-yilda texnikumni tamomlagach, harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatdan qaytgach Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov jamoa xoʻjaligida mexanik, keyinchalik hudud agronomi boʻlib ishlagan. 1980-yillarning oʻrtalarida R.Maxmanov jamoa xoʻjaligida gʻallachilik brigadasi boshligʻi lavozimida ishlaydi. Bundan tashqari Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimga oʻqishga qabul qilingan. D.Abdullayev 2000-yilda oʻzi faoliyat yuritayotgan jamoa xoʻjaligi raisligiga tayinlanadi. Bu vazifada 2008-yilga qadar mehnat qiladi. U 2008-yilda „Abdullayev Doʻstmirat Sultonovich“ fermer xoʻjaligini tashkil qiladi. Ushbu fermer xoʻjalik 70 gektar yerga egalik qiladi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiradi.
Oilasi
tahrirDoʻstmirat Abdullayev oilali. Turmush oʻrtogʻi Jongul Abdullayeva. Ularning yetti farzandi bor.
Mukofotlari
tahrir- Oʻzbekiston qahramoni (1999-yil)[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Dehqon hayotning ustuni“. oz.sputniknews.uz (2017-yil 10-dekabr). Qaraldi: 30-iyun 2024-yil.
- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 204.
- ↑ „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
- ↑ Oʻzbekiston Qahramonlari. Toshkent, "Adabiyot" nashriyoti, 2022 — 46-bet.
Adabiyotlar
tahrirMuhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.