Muhammadjon Doʻstmuhamedov
Muhammadjon Doʻstmuhamedov (1898, Chust — 1952, Namangan) — sozanda (tanbur) va hofiz. Oʻzbekistan xalq hofizi (1946). Us t a Roʻzimatxonning shogirdi. Hofizlik sanʼatini Azizxon hofiz (Chust), Abdurazzoq hofiz (Margʻilon), Abdurahmon hofiz (Namangan) va Sodirxon hofiz (Xoʻjand)lardan oʻrgangan. D. Namangan ishchi-yoshlar guruhida, "Sharq", "Sayyor" truppalarida, Chust teatrida ishlagan. Namangan musiqali drama teatrida (1936—39), Muqimiy teatrida (1939—42) sozanda va xrfiz. Kuchli va jarangdor ovoz soxibi. Repertuaridan ashula ("Ohkim", "Yovvoyi Ushshoq", "Izlarman", "Kelibsan", "Turfa mehring", "Shafoat", "Maktub" va b.), Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Chorgoh" va b.) oʻrin olgan. 1940—41-yillari V. Uspenskiy D.dan katta ashula va zikr yoʻllarini nota yozuviga tushirgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |