Dobbs v. Jackson Women's Health Organization

Dobbs v. Jackson Women's Health Organization (Dobbs Jekson ayollar salomatligi tashkilotiga qarshi), No. 19-1392, 597 U.S. (2022) bu AQSH Oliy sudining muhim qarori bo'lib, unda sud Amerika Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasi abort qilish huquqini bermaydi, deb qaror qildi hamda shuning uchun ham Roe v. Wade (1973) va Planned Parenthood v. Casey (1992) qarorlarini bekor qildi[1].

Ko'pchilikning fikrining oshkor qilingan loyihasi
Nyu-Yorkda abort huquqlariga qarshi namoyish
Xaritada AQSHning qaysi shtatlarida Roe bekor qilinganidan keyin abortni taqiqlovchi qonunlar ishga tushirilgani ko'rsatilgan.

Gap homiladorlikning dastlabki 15 haftasidan keyin koʻpchilik abort operatsiyalarini taqiqlovchi 2018-yilgi Missisipi shtati qonunining konstitutsiyaga muvofiqligi haqida edi. Quyi sudlar dastlabki buyruqlar bilan qonunning bajarilishiga to'sqinlik qilgan. Qarorlar Planned Parenthood v. Casey ishi bo'yicha chiqarilgan qarorga asoslangan edi. Ushbu qaror Amerika Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasiga o'n to'rtinchi o'zgartirishgako'ra qabul qilingan bo'lib, unga binoan ayolning o'sha vaqt ichida abort qilishni tanlashi shaxsiy hayot huquqlari bilan himoyalanganligi sababli, homila hayotiyligi boshlanishidan oldin, odatda, dastlabki 24 hafta ichida abortni taqiqlashiga shtatlarga to'sqinlik qilgan.

Tayinlovdan oldinoq abortga qarshi bo'lgan sudya Amy Coney Barrettning 2020-yilda tayinlanishi bilan Oliy sudda yakunlangan mafkuraviy siljish "Dobbs"ni Roe v. Casey keysiga qarshi chiqish uchun potentsial vositaga aylantirdi. 20 dan ortiq shtatlarda, agar Dobbs Roe v. Casey keysini ag'darsa, abortni qat'iy tartibga soluvchi qonunlar, shu jumladan 13 tasida "Trigger law" qonunlari ishlab chiqilgan edi. Dobbs 2021-yil may oyida kuchga kirgan "Texas yurak urishi toʻgʻrisidagi qonuni" (inglizcha. Texas Heartbeat Act) boʻyicha huquqiy kurashlar ortidan koʻproq e’tiborni tortdi va bu Dobbsda deyarli rekord darajadagi amicus curiae taqdimotiga olib keldi.

Oliy sud oldida og'zaki bahslar 2021-yil dekabr oyida bo'lib o'tdi. 2022-yil 2-mayda Politico sudya Samuel Alito tomonidan tayyorlangan sud hay'atidagi koʻpchilik fikrini e’lon qildi[2]. Bu esa Roe va Casey keyslarini ag'darib tashlashi, ko'rib chiqilayotgan shaxsiy daxlsizlik huquqlarini bekor qilishi, federal ishtirokni yo'qotishi va masalani shtatlar hal qilish uchun qoldirishi mumkin edi. Qo'shma Shtatlar bosh sudyasi Jon Roberts tomonidan qilingan bayonot orqali sud hujjatning haqiqiyligini tasdiqladi, ammo bu yakuniy qaror yoki sudyaning yakuniy qarori emasligini ta'kidladi.

2022-yil 24-iyunda 6-3 nisbatida quyi sud qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror chiqarildi; nisbatan torroq bo'lgan 5-4 nisbatda esa Roe va Casey bekor qilindi. Sud hay'atidagi ko'pchilikning fikricha, abort qilish konstitutsiyaviy huquq emas va abortni tartibga solishda shtatlar o'z ixtiyoriga ega bo'lishi kerak. Sudya Alito tomonidan yozilgan hay'atdagi ko'pchilikning fikri oshkor qilingan loyihaga deyarli o'xshash edi. Bosh sudya Roberts Roe va Caseyni bekor qilish fikrida ko'pchilikka qo'shilmadi, lekin Missisipi qonunini qo'llab-quvvatlovchi hukmga rozi bo'ldi.

Qarorga qarshi norozilik namoyishlari AQSHning ko'plab shaharlarida, shuningdek, ba'zi xalqaro mitinglarda qo'llab-quvvatlandi. Sudning qarori Amerika jamoatchiligi orasida bo'linishni keltirib chiqardi, ularning 55% dan ko'prog'i Ro eva Caseyning ag'darilishiga qarshi.

Yana qarang tahrir

Roe v. Wade

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Maxmen, Amy (26–oktabr 2021–yil). „Why hundreds of scientists are weighing in on a high-stakes US abortion case“. Nature. 599-jild, № 7884. 187–189-bet. Bibcode:2021Natur.599..187M. doi:10.1038/d41586-021-02834-7. PMID 34703018. S2CID 240000294.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()