Dobilov Abbos (1898, Taxtakoʻpir tumani — 1970.11.1, Nukus) — qoraqalpoq shoiri va oqini. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1944), Oʻzbekiston xalq shoiri (1957). Qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi va dostonchiligining taniqli namoyandasi. Ijodi 1915-yildan boshlangan. Vatan, vatanparvarlik, doʻstlik, oddiy insonning yaratuvchilik mehnati D. ijodining asosiy mavzularidir. Ikkinchi jahon urushi yillarida D. ijodi yuksak choʻqqiga koʻtarilgan ("Dushmanni yanch", "Nomard yigit nega darkor?", "Jangchilarga zarar yetkazmadingmi?" va b.). "Bahodir" (2 kitob, 1946—56) dostonida qoraqalpoq xalqining koʻp asrlik hayoti keng koʻlamda tasvirlangan. D.ning 10 ga yaqin sheʼriy toʻplami va 2 jildli "Tanlangan asarlar"i (1959) chop etilgan. Sheʼrlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Sheʼrlar", 1956). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Manbalar tahrir

  • Svetliy den. Stixi, Nukus, 1956; Shgʻarmalari, 1—2-j., Nokis, 1959; Arnaular (Krsiklar), Nokis, 1966.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Niyetullayev S, Abbos Dabilovtin tvorchestvolik joli, Nokis, 1966.