Doguztov tori - Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Ovminzatov bilan Tomditov togʻlari oraligʻida. Eng baland joyi 444 m. Uzunligi 6—8 km. D.t. jan.gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Yon bagʻirlari oʻydim-chuqur, quruq soy koʻp. Tub jinslar yer betiga chiqib qolganligi va ularning nurashi natijasida vujudga kelgan toshloq jinslar ustida qungʻir boʻz tuproqlar tarkib topgan. Shuvoq, boyalich, biyurgʻun, keyreuk oʻsadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil