Dominanta — (fiziologiyada) har qanday tashqi va ichki taʼsirga organizmlarning muvaqqat javob reaksiyasini belgilovchi, oʻzaro bogʻlangan nerv markazlarining ustuvor sistemasi. D. toʻgʻrisidagi taʼlimotning asosiy kridalarini 1911—23 yillarda rus fiziologi A. A. Uxtomskiy koʻrsatib bergan. U bir xil reflektor hara-katlarning tormozlanishi bilan birga sodir boʻladigan, organizmning muayyan faoliyatini bajarishga yashirin tayyorligini belgilaydigan "dominant markaziy konstelyasiya" toʻgʻrisidagi tushunchani ilgari surdi. D. asoslovchi qoʻzgʻalish asosida paydo boʻladi. Biror nerv markazida qoʻzgʻalishning paydo boʻlishi boshqa markazda sezilarli tormozlanishga olib keladi. D. ning oziqlanish, jinsiy muhofaza va b. xillari mavjud. D, bahorda baqalar qonida gormonlar konsentratsiyasining oshishi ularda kuchli opichlash refleksini paydo qiladi. Shu sababdan terining qitiqlanishi ularda mudofaa refleksi oʻrniga oldingi oyoklarni bo'quvchi muskullar tarangligini oshi-ruvchi refleksii paydo qiladi. Shunday qilib, D. da oʻta qoʻzgʻalgan markaz boshqa markazlar faoliyatini oʻzgartirib, oʻziga boʻysundiradi va nerv sistemasining bir-butun yaxlit sistema sifatida faoliyatini taʼminlaydi. D. xatti-harakatlarni yoʻnaltiruvchi sifatida bir qancha murakkab psixik hodisalarning fiziologik asosi hisoblanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil