Dominik Fitz
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Dominik Fitz (nemischa: Sandro Schendl ) 1999-yil 16-iyunda Venada tavallud topgan. Avstriyalik futbolchi „Austria Wien“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 16-iyun 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Wien, Avstriya | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Austria Wien | ||
Raqami | 36 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2006 | SV Langenzersdorf | ||
2006—2015 | Austria Wien | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015- | Austria Wien II | 56 | (18) |
2015- | Austria Wien | 41 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Avstriya U17 | 6 | (0) |
2017- | Avstriya U19 | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-yanvar 2021-yil uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirDominik Fitz Avstriyaning „Langensersdorf“ va „Wien“ klublari bitiruvchisi. 2016-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Dominik Fitz „Austria Wien II“ning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. Dominik Fitz Avstriya Bundesligasida 2018-yilning 31-martida „Reindorf Altach“ga qarshi bahsda debyut qilgan[1]. 27-may kuni „Red Bull Salzburg“ga qarshi bahsda Dominik Fitz „Austria Wien“ jamoasi safida ilk golini urdi[2].
Xalqaro karyerasi
tahrir2016-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Dominik Fitz Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Dominik Fitz Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Germaniya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[3][4][5][6].
Shu bilan bir qatorda, Avstriyaning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi bilan Dominik Fitz 2016-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. U avvalo oʻz jamoasining har bir oʻyinida qatnashgan va chorak finalga chiqqan. Ammo, musobaqa soʻngida jamoasi magʻlub boʻlgan. Bu musobaqaning gʻolibi esa Portugaliya jamoasi deb topilgan.
2019-yilning 11-oktyabr kuni Dominik Fitz Avstriya U 23 terma jamoasi bilan ilk oʻyinini Turkiyaga qarshi oʻtkazdi. U oʻyin davomida Kristof Baumgartner oʻrniga maydonga tushadi va uning jamoasi uchta toʻp hisobi bilan gʻalaba qozongan.
Statistika
tahrirMavsum | Jamoa | Chempionat | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
2017-2018 | Austria Wien | 7 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | - | 7 | 1 | |
2018-2019 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | - | 2 | 0 | ||
2019-2020 | 14 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | - | 18 | 1 | ||
Umumiy karyerasida | 23 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | - | 27 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Аустрия Вена VS. Райндорф Альтах 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (31-mart 2018-yil). 24-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
- ↑ „Аустрия Вена VS. Ред Булл Зальцбург 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (27-may 2018-yil). 4-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2022-yil.
- ↑ „Австрия (до 17) VS. Босния и Герцеговина (до 17) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (5-may 2016-yil). 3-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Украина (до 17) VS. Австрия (до 17) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (8-may 2016-yil).
- ↑ „Германия (до 17) VS. Австрия (до 17) 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-may 2016-yil). 15-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Португалия (до 17) VS. Австрия (до 17) 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (14-may 2016-yil). 30-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.