Dominic Nathaniel Calvert-Lewin (16-mart 1997 – yilda tugʻilgan) – Angliyalik professional futbolchi, u Premier League klubi – Everton jamoasida hujumchi sifatida toʻp surgan.

Dominic Calvert-Lewin
Calvert-Lewin Everton jamoasida 2017-yildan beri o'ynab kelmoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dominic Nathaniel Calvert-Lewin[1]
Tavallud sanasi 16-mart 1997-yil (1997-03-16) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Sheffield, Angliya
Boʻyi 6 fut 2 inches (1.87 m)[3]
Ampluasi Xujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Everton
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2014 Sheffield United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2016 Sheffield United 11 (0)
2014–2015Stalybridge Celtic (ijara) 5 (6)
2015–2016Northampton Town 20 (5)
2016– Everton 214 (54)
Milliy terma jamoa
2016–2017 Angliya U20 15 (6)
2017–2019 Angliya U21 17 (7)
2020–2021 Angliya 11 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17:06, 19-may 2024-yil (utc) uchun)

Calvert-Lewin oʻz faoliyatini mahalliy jamoa Sheffield United boshlagan va 2014-yilning dekabr oyida Conference North jamoasi Stalybridge Celtic bilan katta debutini qildi. U 2015-16-yilgi mavsumning birinchi yarmini ikkinchi ligadagi Northampton Town F. C. jamoasida ijara asosida oʻynab oʻtkazdi va 2016-yil avgust oyida u 1,5 million funt evaziga Everton jamoasiga qoʻshildi.  U Everton uchun 200 dan ortiq oʻyinoʻtkazdi va 50 dan ortiq gol urishga muvaffaq boʻldi.

Calvert-Lewin 2017 FIFA U-20 Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi bilan kubokni boshi uzra baland koʻtardi, final oʻyinida gʻalaba golini esa Calvert-Lewin urdi. U 2020-yil oktyabr oyida Angliya milliy jamoasida debyut qildi va keyinchalik Wembley Stadionida Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urdi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Sheffield United

tahrir

Calvert-Lewin 2005-yil 28-aprel kuni Sheffield United klubining Sheffield United Yoshlar akademiyasiga qoʻshildi[4]. Sheffield United yoshlar jamoasida oʻzini koʻrsata olgandan soʻng u jamoa bilan 16 yoshida shartnoma imzoladi [5]. Bu vaqtda u xujumkor yarimximoyachi sifatida toʻp surgan [6].

Calvert-Lewin oʻzining birinchi klubida zahira oʻrindigʻida oʻtirgan, 2014- yil 4-yanvar kuni FA Kubokining uchinchi raundida Aston Villa ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozondi [7]. Bundan keyin u League Football Education tomonidan „The 11“ bilan mukofotlanadi[8].

2014-yil 24-dekabr kuni Calvert-Lewin Conference North jamoasi Stalybridge Celtic tomonidan ijaraga olindi [9], u yerda u markaziy xujumchi sifatida oʻynashni boshladi [10]. Ikki kundan soʻng u Hyde United ustidan 4-2 hisobida gʻalaba qozonib, debyut oʻyinidayoq raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi va 1-yanvar kuni javob ushrashuvida ham jamoa 7-1 hisobida gʻalaba qildi hamda bu oʻyinda ham u gol urishga erishdi[11][12]. 2015-yil fevral oyining boshida Calvert-Lewin oʻz klubida besh marta gol urganidan soʻng, oʻz klubiga qaytdi [13].

2015-yil aprel oyida u Sheffield United bilan 2018-yil yozigacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi [14]. Calvert-Lewin oʻzining profissional futboldagi debyutini 25-aprel kuni Liga 1 da oʻtkazdi va ushbu Leyton Orient bilan oʻtgan mehmondagi uchrashuvda 1-1 hisobidahi durang natija qayd etilad, Calvert-Lewin ushbu oʻyinda 66-daqiqada zahiradan maydonga tushadi[15][16]. 2014-15-yilgi mavsumining oxirida u ikki marta maydonga tushurildi. 2015-16- yilgi mavsumidan oldin klubning mavsumdan oldingi turida Calvert-Lewin 9-iyul kuni Ilkeston bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida gol uradi va oʻyin 1:0 hisobida yakunlanadi [17].

2015-yil 7-avgust kuni Calvert-Lewin Ikkinchi liga jamoasi hisoblangan Northampton Townga ijara asosida oʻtdi va u yerda hangar oyigacha faoliyatini olib bordi [18]. Uning jamoadagi debyut oʻyini4 kundan keyin boʻlib oʻtdi, yani Blackpool jamoasiga qarshi 3-0 hisobidagi gʻalabada u ham gol kiritdi . Klubdagi ijara muddatini uzaytirishga rozi boʻlishiga qaramay[19], bu amalga oshmadi[20]. U jamoani tark etayotgan payt klub bilan jami 26 ta oʻyin oʻynagan va barcha musobaqalarda sakkiz marta gol urgan [21].

Northampton Townda ijara muddati 2016-yil yanvar oyida tugashi bilan, Calvert-Lewin Sheffield Unitedda asosiy tarkibga qoʻshildi va 13-fevral kuni Doncaster Rovers ustidan 1-0 gʻalabasi bilan birinchi marta oʻyin oʻtkazdi[22][23].

Manbalar

tahrir
  1. Andoza:Hugman
  2. „Dominic Calvert-Lewin: Overview“. ESPN. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  3. „Dominic Calvert-Lewin: Overview“. Premier League. 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
  4. „Dominic reaches new career milestone“. The Star (2015-yil 28-aprel). 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  5. „Five Things about Calvert-Lewin“. Everton F.C. (2016-yil 14-dekabr). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  6. Magowan. „From non-league loan to England call-up“. BBC Sport (2020-yil 7-oktyabr). 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  7. „Aston Villa 1 – 2 Sheffield United“. BBC Sport (2014-yil 4-yanvar). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  8. „Sheffield United: Youngster gets his reward“. The Star (2014-yil 17-aprel). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  9. „Stalybridge loan for Dominic“. Sheffield United F.C. (2014-yil 24-dekabr). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  10. Magowan. „From non-league loan to England call-up“. BBC Sport (2020-yil 7-oktyabr). 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.Magowan, Alistair (7 October 2020).
  11. „Hyde 2–4 Stalybridge Celtic“. Hyde United F.C. (2014-yil 26-dekabr). 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  12. „Stalybridge Celtic 7–1 Hyde“. Hyde United F.C. (2015-yil 1-yanvar). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  13. „Youngsters impress during loans“. Sheffield United F.C. (2015-yil 5-fevral). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  14. „Calvert-Lewin Signs Long-Term Deal“. Vital Blades (2015-yil 16-aprel). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  15. „Dominic reaches new career milestone“. The Star (2015-yil 28-aprel). 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.„Dominic reaches new career milestone“.
  16. „Leyton Orient 1 – 1 Sheffield United“. BBC Sport (2015-yil 25-aprel). 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  17. „Ilkeston 0–1 Blades – report“. Sheffield United F.C. (2015-yil 18-iyul). 2016-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  18. „Dominic Calvert-Lewin: Sheffield United striker joins Northampton“. BBC Sport (2015-yil 7-avgust). 2015-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  19. „Calvert-Lewin talks ongoing as Knill reiterates desire to strengthen Cobblers squad“. Northampton Chronicle (2016-yil 3-yanvar). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  20. „RYAN WATSON AND DOMINIC CALVERT-LEWIN RETURN TO PARENT CLUBS AT CONCLUSION OF LOAN SPELLS“. Northampton Town F.C. (2016-yil 5-yanvar). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  21. „Dominic Calvert-Lewin“. Everton FC. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
  22. „Sheffield United: Scots plan swoop for Blades star“. The Star (2016-yil 21-yanvar). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  23. „Doncaster Rovers 0 Blades 1: Che gives Blades derby victory“. The Star (2016-yil 13-fevral). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.